Maxsus iqtisodiy zonalar o’zining umumiy maqsadlariga ko’p o’xshash, biroq, ularning funktsiyalari xilma-xil hisoblanadi Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog’liq.
Maxsus iqtisodiy zonalar o’zining umumiy maqsadlariga ko’p o’xshash, biroq, ularning funktsiyalari xilma-xil hisoblanadi Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog’liq.
Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar xo’jalik faoliyatining ixtisoslashuviga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi: erkin savdo zonalari, sanoat-ishlab chiqarish zonalari, ilmiy-texnologik (texnoparklar, texnopolislar), offshor markazlar, iqtisodiy-ekologik va tor sohaga ixtisoslashgan zonalar (turistik) va kompleks zonalar
Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun 2020-yil 17- fevral O’RQ-604-son qabul qilingan va Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risidagi qonunda quydagicha ta’rif berilgan:
Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud.
Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud.
Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
Erkin savdo zonalari - maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi.
Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.
Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.