Ma’ruzachi: Sh. Shayakubov Erkin iqtisodiy zonalar —


Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#192841
1   2   3   4   5   6   7
6.mavzu - Erkin iqtisodiy zonalar

Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni qoplaydi.

  • Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni qoplaydi.
  • Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi. Bojxona bojini to’lash faqat mahsulot qabul qiluvchi mamlakatning milliy bojxona hududiga kirib borsagina amalga oshiriladi.
  • Eksport-ishlab chiqarish zonasi hukumatning alohida qarorlari asosida tashkil etiladi. Ushbu qarorda hududni boshqarishni shakllantirish masalalari, qo’shimcha imtiyozlarni joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar aks ettiriladi.
  • Eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish logistika, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, hudud chegaralarini o’rab olish va bojxona nazoratini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi.

Yüklə 26,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin