Ma’ruzalar kursi 1 – modul kurash turlari va uni o‘qitish metod
1.3.5. Kurashchining taktik harakatlari Sport kurashi taktikasi-bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir. Hujum uchun tayyorgarlik xarakatlari-bu hujum xarakatini bajarish uchun zarur bo’lgan raqibning kutilayotgan va himoyalanish xarakatini keltirib chiqarish maqsadida bajariladigan kurashchining hujum xarakatlaridir.
Taktik tayyorgarlik usullari-kurashchi xarakatlari bo’lib, ular yordamida u hujum yoki qarshi xujum uchun qulay sxaroitlarni yaratadi.
Razvedka-kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik xarakatlaridir.
Niyatni yashirish-kurashchining taktik xarakati bo’lib, uning yordamida u raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi.
Xavf solish-kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi taktik xarakatidir.
Aldamchi xarakat (aldash)-hujum qiluvchi tomonidan oxiriga yetkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa xarakatlar.
Qo’shaloq aldash-kurashchining taktik xarakati bo’lib, haqiqiy usulni raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash-kurashchining taktik xarakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol xarakatlarga o’tishga majbur qiladi.
Teskari chorlash-kurashchining taktik xarakati uning faol xarakatlarni to’xtatib, raqibni ham shunday xarakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan xarakati.
Cheklab qo’yish-kurashchining raqib xarakatlari erkinligini cheklab qo’yadigan taktik xarakatlari.
Takroriy hujum-bir xil xarakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan taktik xarakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan xarakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi, qolganlari esa aldamchi xarakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish-kurashchining taktik xarakati bo’lib, u raqibni nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi.
Usullar kombinatsiyalari-usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi hamda usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va qat’iy emas. U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi talablariga muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin