Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə58/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

dYw
K = -----------------;
dJw
bunda K - multiplikator koeffitsienti, Yw - daromad o‘sishi; Jw - investitsiya o‘sishi. Multiplikator «iste’molga eng yuqori moyillik» bilan bog‘liq, chunki u iste’molga ketgan sarflar o‘sishining daromadlar o‘sishiga nisbatini bildiradi. «Iste’molga eng yuqori moyillik» qancha yuqori bo‘lsa, multiplikator ham shunchalik katta va demakki, bandlik yaxshi bo‘ladi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2.5 dollar daromad keltiradi. Olim o‘zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi. Unga ko‘ra Keyns kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning muqarrarligini tan olmaydi. Ammo kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni avtomatik ravishda hal etish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy tashabbus asosida yechiladigan masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba’zi boshqa yo‘llar bilan iste’molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O‘z davrida J.B.Sey va biz yuqorida ko‘rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo‘lib, har qanday taklif o‘z-o‘zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns «Sey qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to‘g‘ri tanqid ostiga oladi.
Xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo‘li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflyatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo‘llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga quyish uchun rag‘batlantiriladi.
To‘la bandlikni ta’minlash uchun faqat investitsiyalarning emas, balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining «jamg‘armalari»ni muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun foydalanilishi mumkin deyiladi. Shu vaqtning o‘zida boylarning solig‘ini oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns o‘z taklifini quyidagicha tushuntiradi: Mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad - ularning «jamg‘armalari»ni kamaytirish va iste’molni rag‘batlantirishdir. Real ish haqini pasaytirish uchun inflyatsiya asosida narx-navoni oshirish yo‘li tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan to‘liq bandlikni ta’minlash mumkin emas, degan fikr ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib borishi tufayli bandlikning birmuncha ortishi ilgari band bo‘lganlarning real daromadlari qisqarishi bilan bog‘liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, ish haqini oshirish uchun ko‘rashish kerak emas, deydi, chunki bu jami real ish haqining ishchilarning turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi, uning o‘rtacha miqdori esa o‘zgarmaydi. U ish haqini «o‘zgartirmaslik» siyosatini o‘tkazish va shu yo‘l bilan narx-navo o‘sishi sababli ish haqini oshirish talablarini yo‘qqa chiqarishni taklif etadi. Uningcha, ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki shu yo‘l bilan ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini pasaytirishning ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal ish haqini pasaytirishga ham qarshi emas edi.
Ishsizlik va inqirozlarga qarshi ko‘rash bahonasida unumsiz iste’molning barcha ko‘rinishlari turli yo‘llar bilan reklama qilinadi. Iqtisodiyotni harbiylashtirish bilan birga hukmron sinflarning parazitik iste’molini oshirish ana щunday yo‘llar guruhiga kiritiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo‘lgan «aralash iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q. Keynsning iqtisodiy g‘oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri ostida paydo bo‘ldi. 1929-1933 yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday sharoitda iqtisodiyotni qo‘tqarishning muhim yo‘li - hukumat harajatlari ekanligi ko‘rsatib berildi. Keyns o‘zining asosiy asarining birinchi satrlaridan boshlaboq «klassik iqtisodiy maktabga qarshi» ekanligini yozadi (ayniqsa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar mavjud).
Keyns yaratgan sifat jihatidan yangi ta’limotda o‘sha davrda aosan shaxsiy xususiy tashabbusga berilgan masalalarni nazorat qilish uchun markazlashgan nazoratni yaratishni hayotiy zarurat ekanligi ko‘rsatiladiDavlat iste’molga moyillikni oshirish uchun , qisman , mazkur soliqlar tizimi orqali, qisman foiz normasini belgilash va boshqa mumkin bo‘lgan usullar yordamida o‘z rahbarlik ta’sirini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. chunki mavjud sistema (tizim) eng muhimi hozirda ishlayotganlar mehnatini taqsimlashda emas, balki bandlik hajmini aniqlashda yaroqsiz bo‘lib qoldi, deb yozadi Keyns.
Albatta to‘la bandlikni ta’minlashga zarur bo‘lgan markazlashgan nazorat muassasalari tufayli davlatning an’naviy funksiyalarini ancha kengaytirishni talab etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va ma’suliyatni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud bo‘ladi, deb o‘qtiradi u davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi davlat investitsiyalari uchun mablag‘lar topish, aholini ish bilan to‘la band qilish va foiz normasini qat’iy belgilashga bog‘liq bo‘ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo‘lsa, bu investitsiyalarga rag‘batni shunchalik oshiradi, investitsion talab oshadi, bandlik o‘sadi, ishsizlik yo‘qolib boradi.
Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik to‘la jalb etilsa,amalda o‘sib boruvchi boholarga ega bo‘lamiz (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to‘liq foydalanilmagan paydo boholarning mo‘tadilligi saqlanish mumkin .
Keyns nazariyasi bo‘yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 2marta oshuviga olib kelmaydi. Yetakchi iqtisodchilar fikricha, «Keynscha inqilob haqiqatda ro‘y bergan».



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin