Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə56/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

Adabiyot
Asosiy adabiyot

Razzokov A.A, Toshmatov Sh.X, Urmonov N.T. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., 2002 (14,16-17- boblar)


Razzokov A.A, Toshmatov Sh.X, Urmonov N.T. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ukuv ko‘llanma. T., 1997


Qo‘shimcha adabiyot

Islomov A, Egamov E.T. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. TMI. 2002


Mayburd Ye.M. Vvedenie v istoriyu v ekonomicheskoy mыsli. M., 1996
Razzokov A.A. Iktisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari. T., 2004
Gulomov S.S, Razzokov A.A Osiyo yo‘lbarsi (Koreya Respublikasi). «Xalq so‘zi», 1995
Gulomov S.S. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti. Ukuv ko‘llanma. T., Mehnat, 1997


10-Mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti.
Reja



  1. Keyns ta’limoti vujudga kelishida boshqa ta’limotlarning o‘rni

  2. Keyns iqtisodiy ta’limotining xususiyatlari

  3. Keynschilik va neokeynschilik

  4. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati

1. KEYNS TA’LIMOTI VUJUDGA KELIShIDA BOShQA TA’LIMOTLARNING O‘RNI

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sanoat jihatidan rivojlangan va past rivojlangan mamlakatlarga katta zarba berdi. Avvalgi (klassik, neklassik) ta’limotlar tadqiqotida mikroiqtisodiy tahlil (alohida korxona) asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsa, inqiroz katta ishsizlik sharoitida boshqacha, makroiqtisodiy tahlil (davlat, jahon) ga zarurat tug‘ulgan edi. Fanning bu sohasida hozirgi davrning taniqli iqtisodchisi J.M.Keyns muhim kashfiyotni yaratdi.


Xuddi shu davrda ijtimoiy iqtisodiyot masalarida munozara kuchaydi. Unda erkin xo‘jalik faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, trestlar va sindikatlar, proteksionizm va fritrederlik muomalalari ko‘ndalang bo‘lib turar edi. Shu davrdagi ilmiy tadqiqotlar muammosi hozirga davrda, hozirgi kunlarda ham nihoyat dolzarb, chunki davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solishi kerakligi kerakmi-yo‘qmi masalasi o‘zul-kesil hal etilmagan. Bu borada ikki yo‘nalish hukmron. Keyns ta’limotigi to‘la asoslanuvchilar - keynschilar va unga qisman qo‘shiluvchilar neoliberalllardir.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi tufayli ko‘pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g‘oyalar soni ko‘paydi. Ana shunday yo‘nalishning yorqin tarafdori bo‘lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo‘lgan Keyns Iton va Kembridj universtitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta’lim oldi, A.Marshall qo‘lida o‘qidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda o‘qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo‘lib ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko‘pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to‘g‘risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to‘g‘risida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul to‘g‘risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga o‘rinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o‘rin egallaydi va bu o‘ziga xos inqilob bo‘lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta’limotining asosiy va yangi g‘oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog‘liq edi. Yetakchi olimlarning ta’kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog‘liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan to‘zatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo‘yicha asoslanadi. Psixologik omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini to‘g‘rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo‘lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya’ni iste’mol va jamg‘arishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta’limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga merkantilistlarning ta’sirini imkor etmaydi. Ikkala ta’limotdagi umumiy g‘oyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko‘paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo‘yishni rag‘batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo‘llash (savdo va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) harakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya’ni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘lgan milliy daromad va jamg‘armalar o‘rtasidagi bog‘lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g‘oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o‘z davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo‘llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya’ni alohida xo‘jalik ob’ektlari bo‘lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo‘lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e’tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta’limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‘liqdir. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan bo‘lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta’mirlash yo‘lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag‘batlantiraladigan talab «samarali talab» konsepsiyasi ilgari suriladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin