Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


MONETARIZM VA NEOLIBERALIZM EVOLYuSIYaSI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə53/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

4. MONETARIZM VA NEOLIBERALIZM EVOLYuSIYaSI

Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g‘oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo‘llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va haridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo‘yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o‘nta keng qo‘llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan davlat budjeti kamomadi va inflyatsiyaga olib kelishida ko‘rinadi.


Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat to‘zilmalarining yetakchi bo‘lishini qo‘llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa «tunggi qorovul» yoki «sport sudyasi» qabilida bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Bu yo‘nalishning yirik vakili L.Erhard fytganidek «Raqobat mumkin bo‘lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo‘lgan yerda» amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo‘lib, tadbirkorlarning erkin va mo‘tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo‘layotgan militaristik g‘oyalar nihoyatda kuchli bo‘lib, ko‘p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSh va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erhard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g‘oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o‘sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallarning yig‘ilishi (forumi) «Lippman kollokVIumi» deb ham ataladi, buning sababi shuki, o‘sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g‘oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo‘llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g‘amo‘rlik qilishlari va ularni barcha xo‘jalik sub’ektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi so‘raladi. Bu xujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo‘li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi.
2-jahon urushidan so‘ng neoliberalizm prinsiplari dastlab Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 yildan boshlab bu g‘oyalar Adenaurer-Erhard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha ko‘rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948 yildan «Ordo» nomli yillik to‘plamni chiqara boshladilar, bu jurnal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o‘ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan «Ordo» so‘zi yig‘ma bo‘lib, erkin bozor xo‘jaligining «tabiiy tizimi» ma’nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberilizm Farbiy Germaniya doktrinasi «Oyken maktabi» ta’siri ostida hatto «Ordoliberalizm» deb atala boshlandi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin