Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə52/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: «Mo‘l-qo‘lchilik jamiyati» (1958), «Yangi industrial jamiyat» (1967), «Iqtisodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari» (1973), «Pullar» (1975), «Ishonchsizlik asri» (1977). Bundan tashqari olimning ko‘pgina maqola va intervyulari ham bor.
Superindustrial jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalar amerikalik fo‘turolog Tofflerning «Uchinchi to‘lqin» kitobida bayon etiladi. Unda «yangi sivilizatsiya» davri vujudga keladi, deyilgan.
Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo bo‘lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutloqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e’tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo‘l bilan mulk huquqi (Ronald Klo‘z - AQSh), jamoat tanloVI (Jeyms Byukenen - AQSh) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham o‘zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g‘oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi, XXI asr esa «inson asri» deb e’lon qilinadi.
Iqtisodiy evolyusiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolyusiya turli iqtisodlarning o‘zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta’minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o‘z o‘rnini egallaydi.


3. NOMUKAMMAL BOZOR TA’LIMOTLARI

XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQShda yaqqol ko‘zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga javob bermay qo‘ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin.


Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo‘lsa, bu davrda uning ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm, keyin neoklasiklar tomonidan tadqiqot ob’ekkti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar shug‘ullandi.
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o‘zining «Monopolistik raqobat nazariyasi», ingliz J.Robinson xonim esa «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi (differensiyasi) haridorlarni bu tovarlar bahosi to‘g‘risida to‘liq informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning bo‘zilish sabablarini ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi «kategoriya» va «qonun» lardan izlaydilar. Instito‘tsional yo‘nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy o‘sishga avvalo «inson omili»ning ta’siri oqibatidir. Bu esa jamiyat rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir
Edvard Xeyting Chemberlin (1899-1967) o‘z asarida monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha, monopoliyaning mohiyati - bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat bo‘ladi.
Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut (mo‘tloq) monopoliyaga ega bo‘ladi, ammo shu bilan birga, o‘rnini bosa oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga uchraydi. Shundan kelib chiqib, barchasotuvchilar «raqobatchi monopolistlar» bo‘lib, «monopolistik raqobat» kuchlari ta’siri sharoitida ish yuritadilar.
Chemberlin fikricha, bozorlar o‘zaro bog‘langan, chunki bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda bozorlar u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli muvozanatga intilish to‘g‘risida gapirish o‘ta soddalikdir. Natijada har bir sotuvchi monopolist deb hisoblanadi, uning o‘z haridorlari, «noyob» mahsulotini oluvchilar bo‘ladi. Bozordagi monopolistik sifatida baholarni tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlarning real taklif hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo‘ladi. Bu yerda mahsulot differensiyasi eng muhim shartdi. Bu kategoriyaning mohiyati shundaki, sotuvchilarning tovari (yoki xizmati) da boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo‘lishi kerakligidir. Bu belgi haridor uchun real yoki xayoliy bo‘lishi, aslida esa xuddi shu mahsulotga afzallik berilishiga olib kelishi shart. Bunday differensiatsiya bo‘lgan sharoitda haridorlar va sotuvchilar tasodifiy yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo‘ladi) birlashmaydilar, bu yerda afzallika asoslangan tanlov hal qiluvchidir.
Sotuvchi -monopolist qo‘shimcha harajarlar qilish yo‘li bilan sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi) mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa bu shuni darhol amalga oshira olmaydi deb raqobatdosh tovar markasi bahosini pasaytirish yoki yangisini i.ch. davomida, xuddi shunday choralar boshqa raqobatchi tomonidan qo‘llanilishi mumkinligidan behavotir bo‘ladi.
Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga egadir. Differensiatsiya mahsulotning o‘z ma’lum xususiyatlari asoida shakllanishi, maslan, alohida xususiyatlar - fabrika markasi, firma nomi, qadoqlash yoki tara (agar ular bo‘lsa) bo‘yicha yoki sifat, shakl, rang, stil asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan qo‘shilib, faqat amaldagi baho bo‘yicha istalgancha tovarni realizatsiya qiladi. Ikkinchi holatda tovarni sotish cheklanadi va yangi uchta omil: 1) baho; 2) mahsulot xususiyati va 3)reklamaga harajatlar bilan belgilanadi. Mana shu omillar yordamida haridorlarning iste’mol qarorlariga ta’sir etiladi. Bunda baholarni pasaytirish omili alohida ahamiyat kasb etadi, chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati pasayishi tarzida qilinish ehtimoli bo‘ladi.
Monopolistik raqobatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda boholar raqobati yo‘qotiladi, oqibatda «quvvatlar ortiqchaligi fenomeni»doimiy va odatdagi hodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik «jazosiz» o‘zoq vaqt davomida ko‘payib boradi, chunki u doim harajatlardan kataroq bo‘lgan boholar hisobiga qoplanib turadi. Butun bozorning ma’lum qismini egallash darajasini ko‘rsatuvchi bu ko‘rsatkich (fenomen) faqat alohida patentlar va fabrika markalari bilangina qo‘llanmasdan, boshqa, yani obro‘, ustalik, alohida mahorat kabi hodisalar bilan ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bu hodisalar erkin kasb ega (rassom, mo‘zika) faoliyat sohasining bir qismi bo‘lib, ular ham « monopol daromadlar nazariyasi» predmetidir.
Differensiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab va harajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, bu avvaldan xulosalardagi xatolarga olib keladi; baho haddan tashqari past, ishlab chiqarish masshtabi - juda katta, korxonalar soni - juda kichik bo‘lib chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati: differensiatsiya va sotish harajatlari bo‘tunlay tushib qoladi. Shu sababli baholarni to‘la bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni pasaytiradi, bu esa reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar raqobatini esa ancha keng qilishiga o‘xshaydi va baholar yordamida talab etiladigan qo‘shimcha harajatlarni qoplaydi.
Raqobat ko‘rashi evolyusiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent, mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash usuli, mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay joylashuvi). Reklama esa, erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda, bozorlar qo‘shilib ketishigayo‘l qo‘ymaydi.
Baholanmagan raqobat omillari firmani haridorlar talabini qondirish uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga «havasning pullik qoidalari» ni singdirib boradi.
Ishlab chiqarish va sotish harajatlari konsepsiyasida harajatlar fabrika doirasida tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina (birinchi) emas deb qaraladi. Transport (tashish), sartirovka (ajratish), saqlash, uylarga yetkazish harajatlari (ikkinchi) mavjud bo‘lib, ular talablarni qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil ko‘rinishdagi harajat o‘rtasida chegara o‘tkazish (ishlab chiqarish harajatlari, sotish harajatlari) taklif va talab o‘rtasidagi farq kabi qiymat nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish harajatlari maskur maxsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish harajatlari uning taklifini oshiradi.
«Klassik» va «neoklassik» lar fikricha sof raqobat iqtisodiy o‘sishning xal qiluvchi sharti deb hisoblagan bo‘lsa, E.Chemberlin ta’limotiga ko‘ra, raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo‘ladi (mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog‘liq). Birinchi marta iqtisodiy liberalizm g‘oyasida real hayotda sof raqobat ham, sof monopoliya ham mavjud emas degan fikr paydo bo‘ldi, o‘z mohiyatiga ko‘ra monopolistik raqobat ko‘p sonli sotuvchilar o‘rtasida ko‘zatiladi, bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan tovarlar soni ortishi bilan kuchayib boradi.
Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat sharoitida haridor raqobatlashayotgan bir tovarni boshqasidan, bir sotuvchini (mo‘tlaq noekvivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan afzal qurishi mumkin. E.Chemberlin mantiqi bo‘yicha, kichik yoki o‘rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo‘lishi va yirik korxona sub’ekti bilan bo‘ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi mumkin. Chunki (markscha tanqidlarga qaramay) monopoliya kapital va ishlab chiqarish konsepsiyasi, kapital markazlashuVIning zaruriy oqibati emasdir, bozor iqtisodiyoti kuchayib borayotgan tendensiyalar raqobati xosdir. Amalda monopoliya va monopol bo‘lmagan (nomonopol) korxonalar o‘rtasidagi farq minemallashtiriladi.
Olim 1937 yil o‘z kitobiga qo‘shimcha sifatida (kitob 8 marta qayta nashr etilgan) «Nomukammmal raqobat» va «Monopolistik raqobat» kategoriyalari to‘g‘risidagi tushuntirishlarda bir tomonlilik mavjudligini ta’kidlaydi, birdan-bir hodisaning ikki nomi sifatida qarashlarda o‘zaro o‘xshashlik yetarli baholanadi, ammo ularning farqi deyarli sezilmaydi, deb hisoblaydi u. Ko‘pchilik bu farqning ahamiyatini tushunmasdan, masala faqat terminologiya bilan bog‘liq deb o‘ylashlari mumkin.
E.Chemberlin o‘z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida monopoliya tabiiy mohiyatiga mustaxkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik ko‘p hollarda o‘z monopoliyasini barpo qilish uchun, imkoni boricha boshqa tadbirkorlar o‘z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi. Olimning fikri bo‘yicha, asosiy vazifa shundaki, iqtisodiyot fani «mahsulot doim deffensiatsiyalashgan bo‘lishi sharoitini to‘la anglashi shart» dir; bundan buyon sof raqobatni barcha sohalarda farovonlik iqtisodiyoti «ideal» (bekamu-ko‘st) deb qarash mumkin emas.
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham raqobat saqlanishi to‘g‘risidagi qoidani ilgari surishgan. Bunda gap sherik-raqobatchilar o‘rtasida bozorda ularning ta’sir doiralarini bo‘lib olish to‘g‘risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan) tovar mahsuloti bahosini eng yuqori harajatlar darajasidan past bo‘lmagan holda realizatsiya qilishdir.
Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga, qo‘shimcha baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv, firmaga obro‘-e’tibor keltiradigan sharoitning ta’minlovchi haridorlarga maxsus hizmat va boshqalar.
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu universtitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933 yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g‘oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni bo‘zadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o‘z mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o‘rnatgan shu bahoda haridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o‘rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo‘jalik tizimi normal muvozanat holatining bo‘tunlay bo‘zulishi va yo‘nalishi, xatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog‘liqdir deb qaragan.
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi.
Asardagi asosiy g‘oyalar quyidagilardan iborat.
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq manfaatdor bo‘ladilar. Chunki nomukammal raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal ko‘rsatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko‘rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o‘z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo‘lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishi mumkin.
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o‘xshash boshqa maxsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differensiatsiya ro‘y beradi; boshqa qo‘shimcha sharoit ham zarur unga ko‘ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo‘lgan ko‘rsatgichlar bilan harakterlanishi kerak.
Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan raqobat qiluvchi cheksiz ko‘p haridolardan emas, balki ayrim yakkayu-yagona haridorlar birlashmasidan iborat bo‘lgan holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo‘lishi mumkindir. Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo‘lib bozorda ko‘p sonli mayda sotuvchilar va yakkayu-yagona haridor faoliyat ko‘rsatadi. Bu xolatni monopsoniya, ya’ni haridor monopoliyasi deyiladi.
Yuqorida barcha g‘oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi paydo bo‘lishiga yordam beradi.bu xolat avval o‘zaro raqobatlashgan ko‘pgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo‘lishi bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko‘rsatkichi) ning yiriklashuVI(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy g‘oya bo‘lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to‘g‘risidagi optimistik fikricha qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi muammosi bilan «samaradorlik yoki adolat» degan dilemmani (ya’ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi.
Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb ustunvorlik berish yetarli emas, ya’ni adolat masalasi ham qo‘yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida «samaradorlik» va «adolat» ni qandaydir yo‘l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir.
Robinson o‘zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni ham ishlab chiqsa bo‘lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo‘lmog‘i kerak edi.
Bunday savolga javobni uch yil o‘tgach boshqa qembrij maktabi vakili J.M.Keyns berdi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin