Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja


KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYaTLARI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə57/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

2. KEYNS IQTISODIY TA’LIMOTINING XUSUSIYaTLARI

Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro‘y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o‘tganda bo‘ladi. Asosiy e’tibor «iste’molga moyillik» va «jamg‘arishga moyillik»ka qaratiladi.


Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg‘arishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o‘stiradi, ammo bu o‘sish daromadlar darajasida bo‘lmaydi. Oqibatda daromadlar o‘sishi bilan jamg‘arish ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo‘l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi.
Iste’mol talabining yetarlicha o‘smasligi yangi investitsiyalarga harajatlarning oshuvi yo‘li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo‘li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Keynsning fikri bo‘yicha investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo‘lgan intilishga bog‘liq. Sohibkor investitsiyalarni kapitalning «eng yuqori samaradorligi» foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o‘lchanadigan rentabellik). Kiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi esa mo‘tadil bo‘ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni pasaytiradi, demak, bandlik o‘sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o‘sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo‘lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns ta’limoti bo‘yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - «iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog‘liq.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun qo‘llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir.
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo‘shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo‘lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital noyobligi, ya’ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko‘payishi borasida uning samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida «kapitalning eng yuqori samaradorligi» nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning samaradorligi psixologik omillarga bog‘liq ekan, endi kapitalistning o‘z korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o‘zgaradi.
Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga bog‘liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori «likvidlilik afzalligi»ga to‘g‘ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan, ya’ni boylikning livid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o‘z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo‘lgan resurslarning miqdori bilan o‘lchanadi.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to‘g‘risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol talabining yetarli emasligini to‘ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste’mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalarning ko‘payishi ishlab chiqarishga qo‘shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste’mol o‘suvini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o‘suvi yana qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo‘shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug‘iladi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o‘sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Multiplikatorning formulasi

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin