Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə119/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

VII bob. HISOB-KITOBLAR AUDITI
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari.
2. Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
5. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi.
8. Budjet bilan hisob - kitoblar auditi.


1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari

Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo‘yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob-kitob-lar, asosan, naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko‘p xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi-gan soha bo‘lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.


Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir de-bitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo‘limning ishonchliligi, qo‘l-lanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyatining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish-ning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
to‘liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettiril-ganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo‘qligi;
mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo‘yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi;
huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to‘g‘riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haq-qoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;
baholashlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;
aniqligi – mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat sa-fari bo‘yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to‘g‘ri hisob-langanligi, buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin