Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Mijoz-korxona faoliyati(biznesi)ning ko’lami



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə30/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

1. Mijoz-korxona faoliyati(biznesi)ning ko’lami. Mijoz-korxonada sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarining miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, auditorlik riski shunchalik yuqori bo’ladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha kengroq hajmda foydalanish zarur bo’ladi. Auditorlik risk darajasini aniqlashda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos bo’lib hisoblanadi. Masalan, agar aktsiyadorlik jamiyati qo’shimcha aktsiya chiqarishni rejalishtirmagan bo’lsa, u holda faqat haqiqiy aktsiyadorlar fikri inobatga olinadi. Agar qo’shimcha aktsiya chiqariladigan bo’lsa, aktsiyalarga obuna bo’luvchilar fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aktsiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin.
2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarning maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir-birlarini nazorat qilib turadilar.
3. Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi. Mijoz-tashkilot kreditorlari qanchalik yirik korxonalardan iborat bo’lsa, demak, uning moliyaviy hisobotiga ishonch shuncha yuqori ekanligi va uni tekshirish bilan bog’liq tavakkalchilik xatari shunchalik past bo’ladi.
Auditorlik riskiga boshqa shart-sharoitlar ham ta’sir ko’rsatadi. Jumladan: mutaxasislarning buxgalteriya hisobini bilishi, auditorlik tekshiruviga umumiy yondashuv, me’yoriy-huquqiy tizimdagi o’zgarishlar, hisobning kompyuterlashtirilganlik darajasi, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimining ishonchliligi, rahbarlar almashinishi va ularning shaxsiy fazilatlari, olingan natijalarni baholash va ularning to’liqligi, mazkur tashkilot faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalar miqdori va sh. k.
Demak, auditorlik risklarning maqbul to’plami deganda, o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada, noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli(xavfi) tushuniladi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin