Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə5/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:

  • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;

  • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar.

  • auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan [7. 8]. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan:

  • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi;

  • biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi;

  • ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

  • pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish;

  • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.
Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan.
Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas.
Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar.
Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin