Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo‘yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.
№
|
Test savolining mazmuni
|
Javoblar
|
Ha
|
Yo‘q
|
Eslatma
|
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida buyruq borligi?
|
√
|
|
|
|
Hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqda asosiy vosita-larni inventarizatsiya qilish usullari va muddatlari ko‘rsatilgan-mi?
|
|
√
|
|
|
Inventarizatsiya belgilangan muddatlarda o‘tkazilganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar oxirgi marta qachon inventarizatsiya qilin-gan?
|
√
|
|
2 yil oldin
|
|
Inventarizatsiya natijalari hisobda aks ettirilganmi?
|
|
|
So‘nggi 2 yilda inv-ya o‘tkazil-magan
|
|
Asosiy vositalarni saqlash va ishlatish joylari hisob registrida aks ettirilganmi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalarning foydalanish joylarida saqlanishi uchun mas’ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida buyruqlar borligi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalarni saqlash uchun mas’ul shaxslar bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganmi?
|
|
√
|
|
|
Korxonada asosiy vositalar hisobiga doir dastlabki hujjatlar-ning uni-fikatsiyalangan shakllari qo‘llaniladimi?
|
√
|
|
To‘liq emas
|
|
Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha hujjatlar aylanish rejagrafigi tuzilganmi?
|
|
√
|
|
|
Bosh buxgalter tomonidan hujjatlar aylanish reja-grafigiga rioya qilish ustidan nazorat amalga oshirilganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar obyektlari yongin va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urta qilinganmi?
|
√
|
|
|
|
Asosiy vositalar turkumlanganmi?
|
|
√
|
|
|
Asosiy vositalar kodifikatori ishlab chiqilganmi?
|
|
√
|
|
|
Inventar kartochkalar mavjudmi va ular ishlatiladimi?
|
|
√
|
|
|
Analitik hisob ma’lumotlari sintetik hisob registrlari bilan taq-qoslanganmi?
|
√
|
|
Ha, faqat balans tuzish paytida
|
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalar va boshqa hujjatlar rahbar tomonidan tasdiqlanganmi?
|
√
|
|
|
|
Korxonada ijaraga olingan (operativ moliyalanadigan lizing) asosiy vositalar mavjudmi?
|
|
√
|
|
|
Amortizatsiya hisoblash usuli tanlanganmi?
|
|
√
|
Chiziqli usul qo‘lla-niladi
|
|
Ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish varianti tanlanganmi?
|
|
√
|
Haqiqiy xarajatlar bo‘yicha
|
Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o‘tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventarizatsiya o‘tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim obyektlarni inventarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog‘ida asosiy vositalar obyektlarini tanlab inventarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo‘lin-malarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazorat-ning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo‘l qo‘-yish xavfi katta.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob registr-lari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo‘yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So‘ngra korxonaning asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Dostları ilə paylaş: |