Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to‘g‘-riligini tekshirish. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur.
№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko‘rsatilganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo‘yicha QQS summasi quyidagi hollarda budjetga o‘tkaziladi.
sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga to‘langanida;
nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;
nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko‘rsatilgan bo‘lma-sa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko‘rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o‘tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tan-narxi, foyda budjet bilan hisob-kitoblar ko‘rsatkichlari, shuningdek, xusu-siylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslangan-ligi ko‘p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog‘liq.
Shunga ko‘ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro‘yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o‘z no-miga ko‘ra moddiy negizga ega bo‘lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu obyektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi.
Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko‘ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirila-di. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o‘zining mazmuni va tavsifiga ko‘ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi huj-jatlarga o‘xshash bo‘lishi lozim. Hujjatlarda obyektlarning batafsil xusu-siyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish nor-masi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bo‘-linma va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ular-ni indentifikatsiyalovchi (aynan o‘xshatuvchi) hujjatlar ham bo‘lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o‘zlarini yoki ulardan foydala-nishni tavsiflovchi hujjatlar, Shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgal-terlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan obyekti obyektiv shaklda mavjud bo‘lishi lozim.
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, gu-vohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jis-moniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to‘laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og‘-zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo‘lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar obyektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko‘rilgan zararni to‘liq qoplash uchun imkon yaratadi.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo‘llar bilan sotib oladilar va shunga ko‘ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo‘shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor baho-siga yaqinlashgan va korxona aksiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aksiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida”gi Nizomga muvofiq texnologiya-larni takomillashtirish va yangilarini yaratish, Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xomashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo‘lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog‘liq xarajatlar kapitallashmaydi.
Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag‘ sifa-tida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko‘zda tutilgan. Ammo, bunday yondashuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o‘chirish, davr oralig‘ida oladigan daromadlarni buzib ko‘rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablag‘lar sarflashni to‘xtatib turadigan omil bo‘lib hisoblanishi-dan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog‘liq xarajatlarni darhol hisobdan o‘chirish fikriga qo‘shiladigan bo‘lsak, unda bizning kor-xonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag‘ ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxo-naning o‘z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxo-nalar esa o‘zlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmas-dan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar.