4. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi sintetik hisobini hamda soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tor-tishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog‘liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinsa yoki kor-xonaning o‘zida yaratilsa, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning maz-kur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish-ning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo‘yicha schyotlar bog‘lanishi va asos bo‘luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to‘g‘riligini tekshirish
Muomalalar mazmuni
|
№21-BHMS bo‘yicha
|
Korxonada tuzilgani
|
|
Schyotlar bog‘lanishi
|
yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
|
Schyotlar bog‘lanishi
|
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
|
|
Dt
|
Kt
|
|
Dt
|
Kt
|
|
1. Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo‘yicha (haqiqiy tan-narxi bo‘yicha) sotib olinganida
|
0410-0490
|
0830
|
Oldi-sotdi shart-nomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
|
04
|
76
|
Nakladnoy, ish vaqtini hi-sobga olish ta-beli
|
2. Korxonaning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlarni haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirimga olish
|
0410-0490
|
0830
|
Ilmiy-tadqiqot ish-lanmalar dasturlari, loyiha-smeta hujjat. NA qabul qilish-topshirish dalolat.
|
04
|
23
|
Ishbay ish uchun naryad, tabel, dalolat-
noma
|
3. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo‘lingan aksiya qiymatini to‘lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarni kirim kilish
|
0410-0490
|
4610
|
Ta’sis shartnomasi, qabul qilish top-shirish dalolat-nomasi
|
04
|
85/3
|
Dalolatnoma, bux. ma’lu-motnomasi
|
4. Ekspert bahosi bo‘yicha tekinga yoki hukumat organining subsidiyasi sifatida olinganda
|
0410-0490
|
8530
|
Tekinga berish to‘g‘risida shartno-ma, Q. Q-T dalolat-nomasi, NA qayta baholash dalolat-nomasi
|
04
|
85/3
|
Shartnoma, bux. ma’lu-motnomasi
|
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq muoma-lalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chi-qarish bilan bog‘liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’i nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan mo-liyaviy natija, agar zarar ko‘rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo‘yicha schyotlar bog‘lanishining to‘g‘riligi quyidagi ko‘rinish-dagi jadval - test yordamida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |