Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


D). Ekologiya solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə134/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

D). Ekologiya solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlarni tekshirish
Auditor ekologiya solig‘i auditini korxonaning shu soliqni to‘lovchi ekanligi va soliq solish obyektlarining to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish-dan boshlashi lozim. So‘ngra ekologiya solig‘ining stavkasi va bu soliq bo‘yicha belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi tekshiriladi. Masalan, Soliq kodeksining 113 -moddasiga muvofiq «Nuroniy» jamg‘ar-masi va uning korxonalari soliqdan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan jamg‘arma ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda foy-dalanganida hamda ishlovchilarining kamida ellik foizi nogironlar bo‘lgan huquqiy shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minotsotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bundan mustasno) ekologiya solig‘idan ozod qilinadi.
Auditor ekologiya solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi va ushbu soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlariga rioya qilinishini ham aniqlashi zarur. Bunda u Soliq kodeksining 114-moddasiga muvofiq eko-logiya solig‘i soliq to‘lovchilar tomonidan hisoblanishini va ushbu soliq yuzasidan hisob-kitoblar yil choraklari bo‘yicha va yillik moliyaviy hiso-botlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq organlariga taq-dim etilishini nazarda tutishi lozim. Ekologiya solig‘ini to‘lash muddat-lariga rioya qilinishiga ham e’tibor berilishi kerak.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi huquqiy shaxslar to‘laydilar. Bu soliqni tekshirishda soliq solish obyektining Soliq kodeksining 117-moddasiga muvofiqligi aniqla-nadi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan amaldagi soliq stavkalar va Soliq kodeksining 119-moddasiga muvofiq suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliq bo‘yi-cha imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi tekshiriladi. Auditor suv resurs-laridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqarish tartibi va hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish va soliqni to‘lash muddat-lariga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin