V). Qo‘shilgan qiymat solig‘ini tekshirish. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bizning iqtisodiyotimiz uchun nisba-tan yangi tushuncha bo‘lib, egri soliqlar toifasiga kiradi va sotilgan tovar-lar, ish va xizmatlar bahosiga qo‘shiladi. QQS bizda oldin qo‘llanilib ke-lingan aylanma solig‘i va sotishdan to‘lanadigan soliqlarning o‘rnini egallaydi va barcha turdagi tovarlar va xizmatlarni qamrab olib, budjet bilan hisob-kitoblarda muhim o‘rin tutadi.
QQSni savdo va umum ovqatlanish korxonalaridan tashqari Res-publika hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamma xu-quqiy shaxslar to‘laydi.
Tovarlar sotish, ish va xizmatlar bajarish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘ining obyekti hisoblanadi. Xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tovarlar sotish bo‘yicha aylanmani tashkil qiladi.
Tovarlar sotish o‘zida ishlab chiqarilgan hamda chetdan sotib olingan hamma tovarlarni sotish bo‘yicha aylanma soliq olinadigan obyekt hisoblanadi. Soliq solish maqsadida iste’mol uchun belgilangan va qiy-matga ega bo‘lgan hamma narsa (tovar, mahsulot, ko‘chmas mulklar, elek-tr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va boshqalar) tovar hisoblanadi.
Bajarilgan ishlar bo‘yicha qurilish-montaj, ta’mirlash, ilmiy-tekshi-rish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-qidiruv va boshqa ishlarning qiymati so-liq obyekti hisoblanadi.
Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha passajir va yuk transportining xizmat-lari, shu jumladan neft, gaz, elektr va issiqlik energiyasini uzatish, tovar-larni ortish, tushirish va saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning qiymati, mulklarni ijaraga berish, vositachilik, aloqa, turar joy – kommu-nal, reklama va boshqa xizmatlarning qiymati soliq obyekti bo‘lib hisob-lanadi.
Tovar va xizmatlarni tadbirkorlik faoliyatidan tashqari korxonaning boshqa ichki ehtiyojlari uchun sotish bo‘yicha aylanma tovar va xizmat-larni boshqa korxonalar va jismoniy shaxslarga, shu jumladan korxonaning ishlovchilariga tekinga berish bo‘yicha aylanma hamda garov predmetini sotish bo‘yicha aylanma ham soliqqa tortiladigan aylanmaga kiradi.
Sotish bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanma summasi sotiladigan to-varlar, ish va xizmatlarning amaldagi narx va tariflar bilan baholanadigan qiymatiga asosan, ularga qo‘shimcha qiymat solig‘ini kiritmagan holda aniqlanadi. Auditor QQS ni to‘lashning to‘g‘riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to‘lov topshi-riqlari va boshqa to‘lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida QQS ning to‘g‘ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo‘yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo‘ladiki, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg‘i, xizmat-lar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o‘rtasidagi farq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Xususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga olinadi:
oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko‘r-satilgan masalalarni va ushbu masalalar bo‘yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;
joriy davr uchun QQS schyotlari, bo‘yicha qoldiqlarni oldingi davr-lar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va katta yoki gayrioddiy tafovutlarni tahlil qilish;
joriy davr uchun haqiqiy stavkalarni taqqoslash va katta yoki g‘ayrioddiy tafovutlarni tahlil qilish;
hisobot davri uchun budjetga to‘lovlar to‘lanishini tahlil qilish.
Tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog‘ida to‘langan QQSni au-ditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda, aylanma mablag‘larni sotib olishdagi QQS va budjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur.
Aylanma mablag‘larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, budjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to‘langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida budjetga to‘lanadigan QQS summasidan to‘lig‘icha chegirib tashlanadi.
Budjetdan qoplanadigan, to‘langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
4410 - «Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyoti-ning «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo‘yicha yozuvlar tekshi-ruvdan o‘tkaziladi;
balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqa-rish zaxiralari, ish va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS ni hisobga olish-ning to‘g‘riligini dastlabki hujjatlar bo‘yicha tanlab tekshirish.
Ushbu ish QQS bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davr-lari bo‘yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.
Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo‘shiladigan, olin-gan QQS hisobining to‘g‘riligini, budjet oldidagi QQS bo‘yicha qarzlar-ning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshi-rishlari lozim:
Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;
QQS bo‘yicha yig‘ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlari-ning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;
soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’-lumotlarini tekshirish;
faoliyat xususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar tur-lariga qarab soliq stavkalarini qo‘llashning to‘g‘riligini tahlil qilish;
hisobot davri uchun QQS bo‘yicha qarzlarni qayta hisoblash;
qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish;
QQS bo‘yicha o‘rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to‘lash davriyligini aniqlash;
QQS bo‘yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to‘g‘ri-ligini, penyalar va jarimalar to‘lashdan qochish uchun bank ko‘chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo‘li bilan tanlab tekshiruv o‘tkazish.
6410-«Budjet to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik (turlari bo‘yicha)» schyo-ti («qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar» analitikschyoti)ning debet va kredit yozuvlarining aniqligi nazorat qilinadi. Xususan, noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan, sotib olingan tovar-moddiy qiymat-liklar uchun to‘langan QQS 6410-schyotning debetiga olib borilmasligi kerak, balki tegishli xarajat schyotlariga olib beriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, to‘langan QQS ham qo‘shilgan holda, sotib olish qiymati bilan kirimga olinadi.
Auditor QQS bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab chi-qarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan QQSning xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar uchun kor-xona hisoblagan QQSdan oshgan summalarining to‘g‘riligini tekshirishi kerak.
Soliqlar va bo‘nak to‘lovlarining o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilishi ham tekshirilishi kerak. Aksizsolig‘iva yer ostidanfoydalanganlikuchunoli-nadigansoliqlarnitekshirish. Auditor aksiz solig‘ini tekshirish uchun avvalo, O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan, amaldagi aksiz solig‘i belgilangan tovarlar ro‘yxati va aksiz solig‘ining stavkalari bilan tani-shishi lozim. So‘ngra audit o‘tkazilayotgan korxonada aksiz to‘lanadigan tovarlar aniqlanib, ular bo‘yicha soliq obyekti to‘g‘ri belgilanganligi tek-shiriladi. Soliq kodeksining 83-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respub-likasida ishlab chiqarilgan, aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun ular-ning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmaydigan (aksiz solig‘i sum-masini o‘z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq obyekti hi-soblanishini nazarda tutish kerak. Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz to‘-lanadigan tovarni natural haq yoki sovg‘a sifatida bersa, soliq to‘lovchida tovarni topshirish paytida vujudga kelgan, lekin qilingan haqiqiy xarajat-lardan kam bo‘lmagan, narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish obyekti hisoblanadi. Shu bilan birga auditor buyurtmachilarning xomashyolaridan ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha ham aksiz solig‘i hisoblanishini tekshirishi zarur.
Shundan so‘ng auditor hisoblangan aksiz solig‘ining to‘lash muddat-lariga rioya qilinishini tekshiradi. Bunda Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq aksiz solig‘i budjetga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib na-zarda tutilmagan bo‘lsa, oyning aksiz to‘lanadigan tovar realizatsiya qi-lingan o‘n kunligi tugaganidan so‘ng uch kundan kechiktirmay o‘tkazil-ganligi tekshiriladi. Shuningdek, soliq to‘lovchi aksiz solig‘i bo‘yicha hi-sob-kitoblarni soliq inspeksiyasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etib kelayotganligini aniqlashi lozim.
Aksiz solig‘i to‘langan xomashyodan aksiz to‘lanadigan tovar ish-lab chiqarilgan taqdirda, mazkur xomashyo uchun to‘langan aksiz soli-g‘ining summasiga ushbu tovarga solinadigan aksiz solig‘i kamaytirilishi-ni nazarda tutmoq kerak. Auditor aksiz solig‘i to‘lanadigan import qilina-digan tovarlar bo‘yicha soliq solishni tekshirishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati soliq solish obyekti ekanligiga amal qiladi. Shuningdek, aksiz to‘lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig‘i o‘z vaqtida, ya’ni bojxonada rasmiylashtirilishiga qa-dar yoki rasmiylashtirilishi paytida to‘langanligini ham aniqlashi zarur.
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqni tek-shirishda, auditor avvalo, soliq solish obyektlarining to‘g‘riligini aniqlash zarur. Bunda soliq solish obyektlarining Soliq kodeksi 106-moddasiga muvofiq kelishini tekshiradi. So‘ngra ushbu soliq stavkalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga muvofiq aniqlanadi. Bunda auditor ushbu soliq bo‘yicha belgilangan imtiyozlarni ham nazarda tutishi kerak. Yer ostidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqdan ozod etilganlar Soliq kodeksining 108-moddasida keltirilgan.
yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganuvchi shaxslar;
geologiya, minerologiya va boshqa alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar;
budjetdagi tashkilotlar va muassasalar, yer osti inshootlari qurgan-lik va ulardan foydalanganlik uchun;
o‘zlariga berilgan yer uchastkalari doirasida o‘zlarining xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda keng tarqalgan foydali qa-zilmalar qazib olishni, hamda yer osti inshootlari qurishni amalga oshira-yotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar;
metropoliten yer osti inshootlaridan foydalanganlik uchun. (Soliq kodeksi. 108-modda).
So‘ngra auditor yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chi-qarish va to‘lashning to‘g‘riligini ham aniqlashi lozim. Bunda u soliq to‘-lovchilar tomonidan yer ostidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga taqdim etish tartibiga rioya qilinganligini Soliq kodeksining 109-moddasiga muvofiq tekshiradi.