Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə38/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Takrorlash uchun savollar:

    1. Muhimlik tushunchasi qanday izohlanadi?

    2. Muhimlik darajasi, uni aniqlash tartibi qanday amalga oshiriladi?

    3. Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati qanday?

    4. Muhimlik darajasi, uni aniqlashda qanday asosiy ko’rsatkichlar tizimiga baho beriladi?

    5. Muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi qanday amalga oshiriladi?

    6. Auditorlik riski tushunchasi qanday ta’riflanadi?

    7. Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?

    8. Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro qanday bog’liqligi mavjud?

6-Mavzu: AUDITORLIK TEKSHIRISHNI REJALASHTIRISH
REJA:
1. Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari va asosiy tamoyillari.
2. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzish
1. Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning
maqsadi, vazifalari, bosqichlari va asosiy tamoyillari.

Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.


Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilrok to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik va o’rta biznes korxonalariga taalukli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida audit dasturini batafsil tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta bo’lib, ular bir-birla-ridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular:

  • uyg’unlik (komplekslik);

  • uzluksizlik,

  • maqbullik.


Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin