Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə69/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

I bob. ASOSIY VOSITALAR AUDITI


1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va o‘tkazish ketma-ketligi.
3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish.


1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish tartibi va
o‘tkazish ketma-ketligi

Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi bux-galteriya hisoboti asosiy vositalar bo‘limining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyatini tashkil etishning O‘zbe-kiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.


Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo‘lib, undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning bar-chasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

  • asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o‘r-natishni ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to‘g‘riligi; asosiy vositalarning to‘g‘ri turkumlanishi; asosiy vositalar ana-litik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi);

  • asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chi-qimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;

  • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to‘g‘ri-ligi); amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashning qonuniyligi va to‘g‘-riligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi; amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi; amortizatsiya aj-ratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi);

  • asosiy vositalarni tiklashni – ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiy-lashtirish; ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib bo-rishning to‘g‘riligi; asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylash-tirishga doir muoma-lalarni hisobga olish;

  • asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hiso-bining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o‘ziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;

  • korxonaning o‘ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olin-gan asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki bu ma’lumotlar realizatsiya qili-nadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va budjetga to‘lanadi-gan foyda (daromad) solig‘ining miqdoriga ta’sir etadi;

  • asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq muoma-lalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;

  • asosiy vositalarni xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalan-masdan);

  • agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa, korxo-nada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va quvvati bo‘yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;

  • asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish.

Auditor ushbu asosiy masalalarni o‘rganib, ularga auditorlik hisoboti-ning tahliliy qismida baho berishi va yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda hisob-ning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo‘yi-cha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo‘jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:

  • korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo‘yicha tekshi-rilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o‘tgan hisobot davridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish;

  • asosiy vositalarning so‘nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro‘yxat)dan o‘tkazilishi va uning natijalarini aniqlash;

  • asosiy vositalarni so‘nggi qayta baholash materiallari va ularning hi-sobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O‘zbekiston Respubli-kasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga mu-vofiq korxona balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo‘yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.

  • korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, Shuningdek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik to‘g‘-risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash;

  • tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni o‘rganish:;

  • buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shak-lidagi inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi aniq inventar ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;

  • ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lu-motlar (buyruqlar, xodimlar ro‘yxati)ni o‘rganish ;

  • asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (uni-fikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash.

Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkonini va tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo‘lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir muomalalarni tekshirishni boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maq-sadga muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini ba-holash, balki auditorlik tekshiruvi o‘tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin