Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o‘tkazishda foydalaniladi-gan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog‘liq. Bular hisobni qo‘lda yuritish sharoitida: jurnal-or-derlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik ke-rakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning ha-rakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo‘jalik ichidagi siljishi, ta’mir-lanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiya-langan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;
korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo‘llaniladigan anali-tik va sintetik hisob registrlari;
buxgalteriya hisobotlari;
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatno-masi (nakladnoyi) (AV-1 shakl);
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan obyekt-larni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl);
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
asosiy vositalarning inventar ro‘yxati (ishlatish joylari bo‘yicha) (AV-9 shakl).
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjat-larda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rek-vizitlarning to‘g‘ri to‘lg‘azilganligini aniqlaydi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqda bayon qilingan – asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyati bilan tanishib chi-qishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:
obyektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;
qiymatidan qat’i nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan obyektlar ro‘yxati;
asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari;
asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;
hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko‘zda tutilganligi;
asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisob-ga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro‘yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo‘llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llanilayotgan shakliga bog‘liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo‘yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo‘-yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjat-larning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ay-rim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog‘ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakl-laridan foydalanadi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl);
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xo‘jalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy vosi-talar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limidagi «Asosiy vositalar» moddasi-da boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmay-digan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» (3-shakl) bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi:
asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo‘yicha ko‘rsatiladi;
barcha asosiy vositalar, shuningdek, ularning ayrim guruhlari: bino-lar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;
butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo‘-yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;
konservatsiyaga qo‘yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi):
asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymati-ning o‘zgarishi (qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo‘shilib);
korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari bo‘yicha);
qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vo-sitalar;
Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o‘tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o‘zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko‘plab uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |