Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə80/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Savdo markalari - kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikat-siyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatga olinishi, ro‘yxatga olinganlari esa - ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzay-tirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.
Savdo markasini sotib olish chog‘ida to‘langan pul mablag‘lari sum-masi kapitallashtirib boriladi. Unga ishlov berish, uni himoya qilish, ken-gaytirish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki sudda himoya qilish natijasida yuzaga kelgan summalar ham kapitallashtiriladi.
Shu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi biri nis-batan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Tovar belgilari birorta korxona tovar (xizmat)larini boshqa korxonalar tovarlari yoki xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir. Ular og‘zaki, tasviriy, hajmli va boshqacha ko‘rinishlarda bo‘lishlari mum-kin. Asosiy faoliyati har xil xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan (mehmon-xona, turistik byuro, transport korxonasi va shunga o‘xshash) tashkilotlar tomonidan foydalanadigan xizmat ko‘rsatish belgilari ham tovar belgilari-ga tenglashtirilgan. Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari ishlati-ladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarga maxsus (alohida) huquq-qa egalikni tasdiqlaydi. Bu belgilar tovarlarga yoki qadoqlangan idish (upakovka)larga, chizmalarga, prospektlarga, schyotlarga, blankalarga, tovarlarni kuzatuvchi yoki ularni sotishga doir muomalalar bilan bog‘liq hujjatlar yorliqlariga tushiriladi.
Tovar belgisi guvohnomasi tovar belgisidan foydalanadigan shaxs-ning huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjati hisoblanadi.
Foydali model ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining, Shuningdek, ular tarkibiy qismlarining konstruktiv bajarilishi kabi tavsif-lanadi. Foydali model guvohnomasi foydali modelni ishlatish uchun uning egasiga maxsus huquq beruvchi muhofaza hujjati hisoblanadi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin