Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Bozor kotirovkasiga ega qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə88/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Bozor kotirovkasiga ega qimmatli qog‘ozlar deganda, fond birjalari va birjadan tashqari bozorlarda faol savdo qilinadigan aksiyalar va obli-gatsiyalar tushuniladi, ularning kotirovkasi esa keng chop etiladi. Bunday qimmatli qog‘ozlarning ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar (fond) birjasi ekspert komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Bunda qimmatli qog‘ozlar javob be-rishi lozim bo‘lgan quyidagi mezonlarga qaraladi: birja savdosiga ruxsat etish shartlari (listing shartlari) ga mos kelish; bitta fond birjasida rasmiy kotirovka qilishga ruxsat etish.
Korxonaning qimmatli qog‘ozlar listingiga kiritilishi tavsiya etila-yotgan qimmatli qog‘ozlar sifati haqida potentsial investorlarga aniq tasav-vur berishdan iborat. Bozor ishtirokchilari emitentning iqtisodiy rivojla-nish istiqbollarini va shu bilan birga uning qimmatli qog‘ozlari ishonch-liligini baholash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim.
Qimmatli qog‘ozlar bilan birjada savdo qilishga ruxsat etish uchun korxona ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruvining eng muhim sohala-rini tahlil qilish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bunda tahlil quyidagi axborotlarni umumlashtirish va ishlashga tayanadi: ustav kapi-talining miqdori, bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromad, xavf-xatarni baholash, bozorning holati, ishlab chiqarish samaradorligi, to‘lov qobili-yati va pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik.
Xavf-xatarni baholash iqtisodiyot uchun mazkur tarmoq ahamiyatidan kelib chiqib kuzatilayotgan tendensiyalar, «boshlang‘ich» rivojlanishning oson yoki qiyinligi, daromad negizining xilma-xilligi, davlat tomonidan tartibga solib turishni hisobga olgan holda aniqlanadi. Shuningdek, korxona mahsu-lotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshligi, inflatsiya o‘sishining kuti-layotgan sur’atlarini va ishlab chiqarish tashkiliy texnikaviy darajasining ko‘r-satkichlari; kapital sig‘imi, xomashyo va mehnat resurslari bilan ta’minlangan-lik, ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi va ixtisoslashganligi.
Bozorning holati to‘g‘risidagi axborot korxona mahsulotlarini asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha sotishni, o‘tmishdagi tajribani va kelajakdagi istiq-bolni hisobga olgan holda tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Mahsulotlar hayotiylik siklining uzunligi yoki qisqaligi, yangiligi, muhimligi pozit-siyasidan turib tadbirkorlik va ishlanmalarni rivojlantirish hamda marke-ting imkoniyatlari baholanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilishda birinchi navbatda, xa-rajat va natijalar nisbati, bu nisbatni bir me’yorda tutib turish va yaxshilash layoqati baholanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari strukturasi batafsil tahlil qilinganidan so‘ng asosiy ishlab chiqarish fondlarining faoliyati, material va mehnat re-surslari ko‘rib chiqiladi.
Boshqaruv samaradorligini baholashda ishlab chiqarish va moliyaviy muomalalar natijalari puxta tahlil qilinadi; korxona faoliyatini strategik va joriy rejalashtirishning sifati; rejalarning kompleksligi va ular bajarilishi-ning sifati; ichki boshqaruv, moliyaviy, shuningdek, tashqi nazorat ham baholanadi. Korxonaning firmalar bilan qo‘shilib ketishi, boshqa kompa-niyalarni o‘ziga qo‘shib olish, boshqa firmalarni sotib olish hisobiga kengayish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Nomoddiy aktivlar, boshqaruv, tashkiliy resurslar, firmaning bozordagi amaliy shuhrati (Goodwill), sotish shaxobchalarni nazorat qilish va shu kabilar alohida baholanadi. Hisobni tahlil qilishda hisob yuritish siyosati, asosiy vositalar va nomoddiy aktiv-larga amortizatsiya hisoblashda qo‘llaniladigan metodlar, moddiy qiymat-liklarni baholash, daromadlarni aniqlash va boshqalar umumiy tarzda ba-holanadi. Shuningdek, firma moliyaviy ahvolini aks ettirishning to‘laligi ko‘rib chiqiladi.
Daromadlilikni tahlil qilish korxonaning uzoq kelajakdagi daromadli-ligini, soliqlarni to‘lashda oldingi va keyingi kapitalga to‘g‘ri keladigan daromadlarni tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqishni nazar-da tutadi. Inflatsiya va o‘z-o‘zini moliyalashtirish imkoniyatlari o‘sishi-ning ta’siri baholanadi. To‘lovga layoqatlilikni tahlil qilish korxona qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlari tarkibini, kreditor qarzlarni o‘rganib chiqish, o‘z aylanma mablag‘larining tarkibi va manbalarining qo‘shimcha o‘sishini o‘rganishdan iborat. Korxona jami qarzlarining o‘z kapitaliga nisbati dinamikasining ya’ni kapital strukturasini koeffitsiyentlarda; pul mablag‘lari va boshqa joriy aktivlarning joriy majburiyatlariga nisbati, ya’ni tez va mutlaq likvidlik koeffitsiyentlari aniqlanadi va baholanadi.
Pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik korxonaning barcha ehtiyojlari-ni o‘z mablag‘lari bilan qondira olish imkonini bildiradi. Bunday imko-niyatni baholash bir necha yillardagi naqd pullar harakati (cash flow) reja-sini va hisobotini Shuningdek, kapital qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojni va boshqalarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘z qimmatli qog‘ozlarini birjaga chiqarish haqida qaror qabul qilgan korxona bozorda yaxshi sharoitlarga Shuningdek, yaqin kelajakdagi rivojlantirishning aniq strategiyasi, mahsulot ishlab chiqarish-ning zamonaviy texnologiyasi, ishlab chiqarish va menejmentning yuqori saviyada tashkil etilishiga ega bo‘lishi lozim.
Rasmiy ravishda kotirovka qilishga ruxsat etish, korxonada mustaqil auditorlik kompaniyalari tomonidan ishonchliligi tasdiqlangan hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha ma’lum majburiyatlar bajarilishini va asosiy hisobot ko‘rsatkichlarini rasmiy birja bulletenlarida chop etilishini ko‘zda tutadi.
Ushbu barcha choralarning qat’iligi aksiyadorlarni maksimal hi-moya qilish bilan bog‘liq. Shuning uchun auditor qimmatli qog‘ozlarni inven-tarizatsiya qilishda ularning emitentlarini va rasmiy birja kotirovkasining mavjudligini puxta tahlil qilishi zarur. Agar korxona mablag‘lariga qo‘yil-gan qimmatli qog‘ozlar fond birjalarida muomalada bo‘lmasa va bozor kotirovkasiga ega bo‘lmasa, u holda auditor bunday qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda vujudga keladigan xavf-xatarlarni baholashi zarur. Bunda auditor qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy sotib olish bahosini ularning daro-madliligini tahlil qilishda asos bo‘ladigan muqobil kursi bilan qiyoslashi zarur. Afsuski, bizning amaliyotimizda davomadlikni bunday tahlil qilish o‘tkazilmayapti. Shuni inobatga olgan holda, qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish mumkin.
Bu quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  1. soliqlar chegirib tashlanganidan so‘ng taqqoslanuvchan, tasodifiy, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turmaydigan daromad miqdori aniqlanadi. Bu miqdor bitta aksiyaga hisoblab chiqariladi;

taqqoslanayotgan korxonalar aksiyalari bozorining o‘rtacha foyda-liligiga yunaltirilgan foyda multiplikatori hisoblab chiqariladi. Shu bilan birga multiplikatorga o‘sish dinamikasi, kapital bozorida mashhurlik darajasi, moliyaviy sharoitlar, dividendlar hajmi va boshqa alohida ishlab chiqarilgan tarmoqlar kabi jabhalar ham kiritiladi. Korxonada emitentning moliyaviy hisoboti yo‘q bo‘lsa, bunday tahlilni o‘tkazish imkoni bo‘lmay-di. Auditor bu holda birjada kotirovka qilinmagan aksiyalarga qo‘yilmalar qilish haqida qaror nimaga asosan qabul qilinganligi, korxona rahbariyati va ichki auditorlik xizmati tomonidan hisobotlar va emitentning hozirgi va kelajakdagi moliyaviy holati tahlil qilinganligi bilan ham tanishishi zarur.
Moliyaviy qo‘yilmalar inflatsiya sharoitida pul mablag‘lari qadrsiz-lanishining oldini olish, qo‘shimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida amalga oshiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobotidagi «Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar» va «Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar» mod-dalari ko‘rsatkichlarining ishonchliligi va moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish bo‘yicha qo‘llanilayotgan uslubiyatning O‘z-bekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa shakllantirish maqsadida auditorlik tekshiruvidan o‘t-kaziladi.
Moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi boshqa aktivlar tekshiruvidagi kabi quyidagilarni ta’minlashdan iborat:


  1. Yüklə 3,24 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin