Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə85/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to‘g‘ri olib borilishini tekshirish chog‘ida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliya-tida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to‘g‘risida isbotga ega bo‘lishi lozim.


Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miq-dori bo‘lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o‘rnatilgan foydali xizmat qi-lish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining mosligini №7 BHMS 46 bandiga muvofiq tekshirib ko‘rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 - NMA shakldagi kartochka va nomoddiy ak-tivlar obyektlarini hisobga qabul qilishda asos bo‘lgan dastlabki hujjatlar-dan foydalaniladi.
№7 BHMS 39 bandiga muvofiq nomoddiy aktivning amortizatsiya qi-linadigan qiymati muntazam asosda taqsimlab borilishi uchun amor-tizatsiya muddatlari quyidagicha belgilangan:

  1. nomoddiy aktiv obyektining foydali xizmat ko‘rsatish muddati da-vomida (lekin bu muddat xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat qilish muddatidan oshmasligi lozim);

  2. foydali xizmat ko‘rsatish muddatlarini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha 5 yil hisobida (lekin bu muddat xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmasligi lozim).

Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha auditor quyidagilarni tekshiradi:

  1. qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi;

  2. tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar obyekt-lari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqa-rish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to‘g‘ri o‘tkazilishini.

№7 BHMS 42 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning uch usuli ko‘zda tutilgan. Ular:

  1. to‘g‘ri chiziqli (yoki bir tekis);

  2. kamayib boruvchi qoldiq;

  3. ishlab chiqarish birliklari summasi bo‘yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakali auditor-lik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog‘ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy ak-tivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bog‘liqdir.
Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to‘g‘ri chiziqli usulidan foy-dalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.
Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin:



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin