Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə87/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Takrorlash uchun savollar



  1. Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?

  2. Nomoddiy aktivlar baholanishining to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

  3. Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protse-duralar qo‘llaniladi?

  4. Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishini va kirimga oli-nishining to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

  5. Nomoddiy aktivlarnngi hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?

  6. Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  7. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning to‘g‘riligi qanday tekshiriladi?

  8. Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishning manbalari bo‘lib xizmat qiladi?



1. Moliyaviy qo‘yilmalar tavsifi, auditining xususiyati,
maqsadi va vazifalari

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozor munosabatlarining tezlik bilan o‘zgarishiga moslashish har bir korxona faoliyati muvaffaqiyatining garovidir. Bunda nafaqat o‘z mahsulotlari va xizmatlarining bozorda tut-gan o‘rni (mavqey)ni, Shuningdek, xarajatlarni nazorat qilish bilan chek-lanmasdan, balki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samaradorligini muttasil tekshirish, o‘zgaruvchan bozor sharoitida korxonaning o‘z huquq va imkoniyatlaridan qay darajada foydalanayotganini tahlil qilish ham zarur.


Korxonaning vaqtincha bo‘sh to‘rgan pul mablag‘laridan samarali foyda-lanish usullaridan biri – bu ularni qimmatli qog‘ozlar sotib olishga yo‘nalti-rishdir.
Mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirish o‘z tavsifiga ko‘ra yuqori tavakkalchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, tavakkalchilik dara-jasini imkoni boricha pasaytirish maqsadida emitentning moliyaviy hola-tini va bozor konyunkturasini bilish fond birjasi ma’lumotlarini muntazam ravishda monitoring qilib turishni taqozo etadi.
Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlar muomala jarayonida uchta bosqichdan o‘tadi. Bulardan birinchisi, emissiya bosqichi bo‘lib, unda qimmatli qo-g‘ozlar birlamchi joylashtiriladi va o‘zining birinchi egasi (anderrayting yoki investor)ga o‘tadi. Ikkinchi bosqich deganda, ularning ikkilamchi, ya’ni aktiv bozordagi harakati tushuniladi. Yakuniy - uchinchi bosqich-da qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirilishi (emitent tomonidan qaytarib olini-shi) amalga oshiriladi. Ushbu muomala jarayonida qimmatli qog‘ozlar ha-rakati fond birjalarida amalga oshirilib, vaqtga teskari mutanosib (propor-sional) ravishda nominal va haqiqiy (bozor) narxlari o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarish iqtisodiyotda bozor kotirovkasi deb ham ataladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin