Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


v) xo‘jalik faoliyati faktlarining vaqtinchalik aniqlik tamoyiliga rioya qilinishi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə95/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

v) xo‘jalik faoliyati faktlarining vaqtinchalik aniqlik tamoyiliga rioya qilinishi. Bu xatolar muomalalarning hisob davrlariga noto‘g‘ri taqsimlanishi, ya’ni ularning sodir bo‘lgan hisobot davrida emas, balki boshqa hisobot davrida aks ettirish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik hollarda ama-liyotda olingan materiallar ularga bo‘lgan mulkiy huquq oluvchiga o‘tmas-dan oldin aks ettiriladi, yoki aksincha, materiallari hali yo‘lda bo‘la turib, ularga mulkiy huquq xaridorga o‘tgan bo‘ladi. Mol yetkazib beruvchilar-dan schyot-fakturasiz olingan moddiy qiymatliklar hisobda aks ettiril-maydi yoki kirim qilinmaydi. Davriylashtirishdagi xatolarni aniqlash uchun auditor hisob yozuvlarini o‘rganishi va ularni dastlabki hujjatlar bilan solishtirishi kerak.
g) tovar-moddiy boyliklarni baholashning to‘g‘riligi. Masalan, ularni kirim qilishda sotib olish bahosi noto‘g‘ri aniqlanib, buning oqibati-da amortizatsiya noto‘g‘ri hisoblanadi. Bu xatolar hisob yuritish uslubiyo-tining buzilishiga olib keladi va ko‘p hollarda muntazam sodir bo‘ladi.
d) tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida aks ettirishning to‘g‘riligi. Bunday xatolar inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida aniqlanishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarini aks ettirish va sotilgan mahsulot tannarxini hisoblashning to‘g‘riligiga ta’sir qiluvchi muomalalar quyidagi-lar natijasida yuzaga keladi:
a) buxgalteriya hisobotining buzilishi:
oldingi davrlarda hisobdan o‘chirilgan hamda foydalilik xususiyat-larini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi; yo‘ldagi tovarlarni yoki sotilib bo‘lingan to-varlarni ikki marta hisobga olish;
uchinchi shaxslar omborida saqlanayotgan ishlab chiqarish zaxi-ralari qoldig‘ining oshirib ko‘rsatilishi; komissiyaga qabul qilingan ya’ni balansdan tashqari schyotlarda hisobda turgan tovar-moddiy zaxiralar ham inventarizatsiya ma’lumotlariga qo‘shilishi va shunga o‘xshash;
b) suyiste’mol qilishlar:
korxonaning bir necha xodimlari xatti-harakati yoki saqlash ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmaganligi oqibatida qiymatliklarning o‘g‘irlanishi;
olingan tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilganidan kam yoki sifatsiz bo‘lsa, ularni qabul qilish uchun mas’ul shaxslarning mol yetkazib beruvchi-lardan pora (pul yoki sovg‘a ko‘rinishidagi buyum) olish hollari;
haqiqatda yo‘q xaridorlarning rekvizitlarini ko‘rsatish yo‘li bilan jo‘-natish hujjatlarini qalbakilashtirish.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, hisobot davri davomida to‘liq yoki to‘g‘ri aks ettirilmaganligi sababli yil oxirida zaxiralar oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.
Xaridlar quyidagi ikkita holning bittasi sababli pasaytirib ko‘rsatilishi mumkin.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin