Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


a) haqiqiy qiymati bo‘yicha



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə98/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

a) haqiqiy qiymati bo‘yicha
Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090)
b) ko‘rilgan zarar summasiga
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umu-miy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan TMZ larning oshiqcha chiqishi quyidagi tartibda baholanadi va balansga qabul qilinadi:
a) tovarlar mazkur turdagi yoki shularga o‘xshash tovarlarning oshiqcha chiqishlar aniqlangan paytdagi bozor qiymati bo‘yicha baholanadi va balansga kirim qilinadi.
b) tayyor mahsulotlar oshiqcha chiqishlar aniqlangan paytdagi haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha balansga kirim qilinadi.
v) materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolari mazkur turdagi yoki shularga o‘xshash materiallar yoki inventar va xo‘jalik ashyolarining oshiqcha chiqishi aniqlangan paytdagi haqiqiy qiymati (balans qiy-mati) bo‘yicha balansga kirim qilinadi.
g) iventarizatsiyada aniqlangan TMZ larning oshiqcha chiqish summalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet –Tovar moddiy zaxiralarni hisobga oladigan schyotlar (1010-1090, 2810, 2820, 2910-2990)
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda» schyoti;
Ushbu summa belgilangan tartibda joriy davr uchun soliqqa tor-tiladi.
Kamomadlar summasining aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi.
Debet 5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schyoti yoki Debet 6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti
Kredit 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarz-lari» schyoti yoki
Kredit 4890-»Boshqa debitorlarning qarzlari» schyoti
Moddiy boyliklarning but saqlanayotganligini tekshirishda moddiy boyliklarning to‘liq kirim qilinganligini va chiqimga to‘g‘ri hisobdan o‘chirilganligini aniqlash muhim o‘rin egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha xomashyo hosil qilinib, undan noqonuniy maqsadlarda «chapga ketadigan» mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l ochib beriladi.
Odatda, moddiy boyliklarni kirim qilishni nazorat qilish mol yetkazib beruvchilardan kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday hujjatlar jumlasiga to‘lov talabnomalari, schyot-fakturalar, turli ilovalar (spetsifikatsiyalar, sertifikatlar, sifat yorliqlari va hokazo) qo‘shib yuboriladigan tovar-transport yuk xat (nakladnoy)lari kiradi.
Korxonaga keltirilgan moddiy boyliklar tegishli omborxonaga o‘z vaqtida kirim qilinishini yoki agar ular darhol sexga beriladigan bo‘lsa, omborxona orqali rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi.
Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi va sexga berilganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, moddiy boyliklarni tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:

  1. yo‘ldagi moddiy boyliklar va fakturasiz jo‘natilgan moddiy boylik-larni hisobga olish ishlari to‘g‘ri bajarilishini; balansda ko‘rsatilgan, yo‘l-dagi moddiy boyliklar qoldiqlarining haqqoniyligi;

  2. 10-«Materiallarning pul ifodasidagi harakati» qaydnomasining to‘g‘ri yuritilishini; zimmalarida moddiy boyliklar qoldiqlari hisobda tur-gan moddiy javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda moddiy hiso-botlarni topshirishini; aytilgan hisobotlar topshirilmay turib(moddiy javob-gar shaxsning kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra) korxona rahbarining alohida farmoyishi bo‘yicha materiallar hisobdan chiqarilishini va hisob-dan chiqarilgan materiallarning soni va qiymatiga keyin topshirilgan hiso-bot bo‘yicha o‘zgartirishlar qilinishi;moddiy boyliklar ishdan bo‘shagan xodimlar hisobida turgan hollar borligini (agar bor bo‘lsa, buning sabab-larini va aybdor shaxslardan ularning qiymatini undirish uchun qanday choralar ko‘rilganligini );kelib tushgan(mol yetkazib beruvchilardan va hokazo) moddiy boyliklar hisob baholari bo‘yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal orderlarda aks ettirilgan baholar bo‘yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va sotilgan materiallar hamda foydalanishga berilgan va ishga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi tegishli balans schyotlarida to‘g‘ri hisobga olin-ganligini; moddiy boyliklarning amaldagi tannarxini ularning hisob baho-lari bo‘yicha qiymatidan farqi to‘g‘ri aniqlanganligini va hisobdan chi-qarilganligini; hisob baholarini qo‘llash qiyin bo‘lgan inflatsiya sharoit-larida moddiy boyliklarni baholash usuli borasida korxonada qanday hisob yuritish siyosati qo‘llanilayotganligini; transport-tayyorlov xarajatlarining tarkibi to‘g‘ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi; moddiy boyliklar-ning harakatiga doir muomalalar 16-qaydnomada to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilganligini;jo‘natilgan moddiy boyliklar uchun xaridorlar zimmasidagi qarzlarning haqqoniyligini; da’vo qilish muddati tugagan, to‘lash muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarning bor-yo‘qligini;xaridorlar tomonidan qis-man akseptlangan yoki bankka to‘liq summada to‘lash rad qilingan, bank-ka inkassaga qo‘yilgan schyotlar bor-yo‘qligini, bunday hollarda qanday choralar ko‘rilganligini;

  3. omborxona xo‘jaligining ahvolini;moddiy boyliklarning saqlanish sharoitlarini; materiallar miqdor va sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha to‘g‘ri qabul qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boylik-larni saqlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning bajarili-shini, ularni saqlash qoidalarining buzilish sabablarini; korxona omborxo-nasi hududidan moddiy boyliklarning transportda yoki transportsiz olib chiqib ketilishi ustidan nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolari-ning texnik holatini;

  4. moddiy boyliklar biriktirib qo‘yilgan xodimlar bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shartnoma tuzilganligini; moddiy boyliklar-ning omborxonadagi harakati to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini; ishonchnomalarni berish va ulardan foydalanishga doir hisobotlar tuzish qoidalariga rioya qilinishini;

  5. moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga to‘g‘ri hisobdan chiqari-lishini; amaldagi me’yorlarning hozirgi zamon texnologiyasi va ishlab chi-qarishning tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ish-lash uchun chetga berishning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini; moddiy boylik-larni saqlash va tashishda tabiiy kamayish me’yorlariga muvofiq ularning kamomadi va yo‘qolishlarini hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o‘xshashlarni.




Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin