Inventarizatsiyada aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) ka-momadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: Kam chiqqan TMZ larning haqiqiy qiymati (balans qiymati) bo‘-yicha hisobdan o‘chirilishi. Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090)
Agar baholash natijasida TMZ larning bozor qiymati (undi-riladigan summa) kam chiqqan TMZ lar haqiqiy qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
b) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olinishi lozim bo‘lgan bozor qiymatida Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti
Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
v) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq summaga Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyoti
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Agar baholash natijasida kam chiqqan TMZ larning bozor qiy-mati (undiriladigan summa) haqiqiy qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: a) kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
b) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti
Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
v) aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq summaga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti
Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umu-miy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
TMZ lar kamomadining aniq aybdorlari topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda TMZ larni hisobdan o‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: