Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini audi-torlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq:
mazkur tekshiruv uchastkasining yo‘nalishlari bo‘yicha hisob siyo-satining qoidalarini o‘rganish;
tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash. Buning uchun ombor xo‘jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar hisobotlarining tashkil etilishini o‘rganish;
tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;
tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni va inventarizatsiya o‘tkazish pozitsiyalarini aniqlash;
tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda holatini tekshirish.
Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish buxgal-teriya hisobotida katta xatolarga yo‘l qo‘yish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun, tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishni boshlashdan oldin auditor eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarliklarni aniqlashi va shuni hisobga olgan hol-da zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak.
Tovar-moddiy zaxiralar to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchliligi bo‘-yicha auditor fikrining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) to‘liq aks ettirilish - korxonaga tegishli barcha tovar-moddiy zahi-ralarining buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilganligi va buxgalteriya hiso-botiga kiritilganligi. Tovar-moddiy boyliklar bilan bog‘liq muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘liqligidagi xatolar hisobot ma’lu-motlari haqqoniyligining pasayishiga olib keladi. Bunday xatolarni topish ancha murakkab. Buning uchun auditordan dastlabki hujjatlarni yoki hi-sobga taalluqli bo‘lmagan axborotlarni tanlab olish talab qilinadi.
b) tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni yetarli da-rajada asos bo‘lmagan hollarda hisobga olishning mavjudligi. Masa-lan, korxona o‘z balansiga mulkiy huquqqa ega bo‘lmagan mulklarni – ko-missiya yoki konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha olingan moddiy qiy-matliklarni kiritgan. Bunday xatolar hisobot ko‘rsatkichlarining oshirib ko‘rsatilishiga olib keladi.