6. Qimmatli qog‘ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir muomalalarni tekshirish
0610 - 0690 va 5810, 5830 va 5890 - schyotlar bo‘yicha analitik hisob moliyaviy qo‘shilmalarning turlari va obyektlari bo‘yicha yuritiladi. Audi-tor korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrugiga ilova qilingan ishchi schyotlar rejasidagi moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun foyda-laniladigan schyotlar rejasi bilan tanishadi, hamda analitik hisobning tuzi-lishi qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi – korxonalar bo‘yicha moliyaviy qo‘-yilmalar to‘g‘risidagi, qarz oluvchi – korxonalar bo‘yicha mamlakat hudu-didagi va xorijdagi obyektlarga qilingan qo‘yilmalar to‘g‘risidagi axborot-lar qay darajada ta’minlashini baholashi kerak.
Korxonalar qimmatli qog‘ozlarini kassasida yoki depozitariylarda (Davlat qisqa muddatli alar (DQMO) emitenti faqat Moliya vazirligi bo‘lib, ular valuta birjasidagi depozitariyda) saqlanadi. Ular korxonada saqlanganida qimmatli qog‘ozlar blankalarini (sertifikatlarini) mas’ul saqlash uchun korxona kassasida yuritiladigan reestrning mavjud-ligini tekshirishi lozim. Reestrda: qimmatli qog‘oz nomi, nomeri, emitent nomi, qimmatli qog‘ozning nominal qiymati ko‘rsatilishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar depozitariylarda saqlanganida ular saqlash uchun berylgan depozitariyning rekvizitlarini analitik hisobda ko‘rsatgan holda, korxona buxgalteriyasida hisobda aks ettirilib boriladi. Bunday holda audi-torga deponent bilan depozitariy o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga so-ladigan shartnoma (depo schyoti to‘g‘risidagi shartnoma) taqdim qilinishi lozim.
Shartnomada uning predmeti - qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saq-lash yoki qimmatli qog‘ozlar uchun huquqni hisobga olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, hamda:
deponent tomonidan uning qimmatli qog‘ozlarini depozitariyga depo-nentlash to‘g‘risidagi depozitariy axborotlarni berish tartibi;
shartnomaning amal qilish muddati;
depozitariy xizmatlari uchun shartnomada belgilangan haq to‘lash haj-mi va tartibi;
depozitariyning deponentga hisobot berish shakli va davri;
depozitariyning majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Depozitariy xizmatlari uchun to‘lanadigan haq bo‘yicha sarflar 9420 - schyot debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Depozitariy xizmatlari bo‘yicha to‘-langan QQS xizmat qiymatiga qo‘shib aks ettiriladi.
Auditor korxonada «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari»ning mavjudligini aniqlaydi. Unda korxonada saqlanadigan barcha qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy qo‘yilmalar kirimi va chiqimiga doir muomalalar aks etti-rilishini tekshirish uchun 0610-0620, 5810, 5830, 5890 va 9220-schyotlar bo‘yicha hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda auditor korxonada hisob uslubiyati va moliyaviy qo‘yilmalar summasini shakl-lantiradigan haqiqiy xarajatlarni aks ettirish talablariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish lozim.
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish qanday mablag‘lar hiso-biga amalga oshirilganligini ham tekshirish zarur. Masalan, pulni to‘lash yoki mulklarni berish hisobiga olinishi mumkin. Agar qimmatli qog‘ozlar qiymati mulklar bilan to‘lansa, investor bunday muomalalarni hisobga olishda 9210- «Asosiy vositalarning chiqimi», 9220-»Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotlaridan foydalanishi lozim. Chunki qimmatli qog‘ozlar qiymati mulklar bilan to‘langanda hisobdan chiqarilgan mulklarning ba-lans qiymati va sotib olinayotgan qiymati qimmatli qog‘ozning sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq soliqqa tortiladigan bazaga ta’sir ko‘rsatadi.
Auditor qimmatli qog‘ozlar hisobga qabul qilinganidan so‘ng qilingan xarajatlarning, moliyaviy qo‘yilmalar qiymatini ko‘paytiradigan qo‘shim-cha xarajatlar sifatida qimmatli qog‘ozlar qiymati ustiga qo‘shilmayotgan-ligini ham tekshirishi lozim.
Masalan, auditorlik tekshiruvi jarayonida qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun kredit olinganligi ma’lum bo‘lganida.