Ma’ruzalar matni.] Audit. Ma’ruzalar matni. N. Xaydarova


Nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə86/153
tarix24.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#192304
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153
Audit ma\'ruzalar matni.doc

Nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya
ajratmalarini schyotlarda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish (namuna)



Muomalalar mazmuni

21-BHMS bo‘yicha

Korxonada tuzilgani

Schyotlar korrespond.

Dastlab. huj.

schyotlar korrespond

Dastlabki huj.

Dt

Kt

Dt

Kt

1. Asosiy ishlab chiqarishda ishla-tilayotgan NA obyektlari bo‘yicha amort-ya hisoblash

2010

0510-0590

Amor-ya hisob-ki-tobi, hi-sob siyo-sati

26

05

Amort-ya hisob-kitobi

2. Yordamchi ishlab chiqarishda ish-latilayotgan NA obyektlari bo‘yicha amor-ya hisoblash

2310

0510-0590

- // -

23

05

- // -

3. Umumishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilayotgan NA bo‘yicha amor-ya hisoblash

2510

0510-0590

- // -










4. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarishida ishlatilayotgan NA bo‘yicha amor-ya hisoblash

2710

0510-0590

- // -

29

05

- // -

5. Ma’muriy maqsadlarda ishlati-layotgan NA bo‘yicha amor-ya hisoblash

9420

0510-0590

  • // -











6. Kapital qo‘yilmalarda ishlatilayot-gan NA obyektlari bo‘yicha amor-ya hisoblash

0810-0890

0510-0590

- // -

89

05

- // -

7. NA obyektlarini hisobdan chiqa-rishda (sotish, hisobdan o‘chirish, tekinga berish) to‘plangan amor-ya summasini hisobdan o‘chirish

0510-0590

9220

- // -

05

48

- // -

8. Joriy yilda NA larga oshiqcha hisoblangan amor-ya summasini tuzatish

0510-0590

9390

- // -

05

85/3

- // -

9. Joriy yilda NA larga kam hisoblangan amor-ya summasini tuzatish

Xara-jat schyot-lari

0510-0590

- // -

46

05

- // -

Hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari arifmetik hisob-kitoblari-ning to‘g‘riligini tekshirish auditorlik jamlash qoidalarini hisobga olgan holda, jamlash asosida amalga oshiriladi. Ushbu ish quyidagi shakldagi ishchi jadval bilan rasmiylashtirilishi mumkin.







Obyekt
nomi

Dast-labki qiymati

Amortizatsiya normasi

Amortizatsiya summasi

Farq nimaning hisobiga

Korxona ma’lu-motlari

Auditor ma’lu-motlari

Korxona ma’lu-motlari

auditor ma’lu-motlari

Norma hisobiga

Hisob-kitob no-aniqligi

1.

Patent

100000

30

20

30000

20000

10000

-




va h. k.




















































Jami:






















Yuqoridagi jadval asosida aniqlangan farqlar bo‘yicha auditor eng kat-ta farqlarni tahlil qiladi va ularning hisobotlar ishonchliligiga ta’sirini ba-holaydi.


Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har cho-rakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari uchraydi. Shuningdek, kor-xona zarar ko‘rgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini tekshi-rish zarur. Qoidaga ko‘ra korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar (foyda oladimi yoki zarar ko‘radimi) no-moddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tek-shirish chog‘ida:

  1. nomoddiy aktivlar obyektlarining o‘rtacha qiymati va o‘rtacha amortizatsiya normasidan foydalangan holda hisoblash yo‘li bilan amorti-zatsiya ajratmalari summalarini prognozlash;

  2. bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar obyekt-larining mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin.

Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog‘ida auditor amor-tizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi o‘zgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. Chunki bunday o‘zgarishlar bir qancha davrlar oralig‘idagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligiga se-zilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari o‘zgargan hol-larda o‘zgarish sabablari o‘rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va mo-liyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o‘rganiladi.
Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eski-rish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko‘pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondashishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki hisobning xalqaro standartalari qo‘mitasi yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni yoxud birdaniga kor-xonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi.
Lekin bu standartlarga muvofiq nomoddiy aktivlarga eskirish hisob-lashning qandaydir maksimal muddati tavsiya qilinmaganligiga qaramas-dan, ayrim davlatlarda ma’lum cheklashlar kiritilgan. Masalan, firma amaliy shuhrati – ”Goodwill”ning qiymati Kanada va AQSH da 40 yil, Avstraliyada 20 yil, Niderlandiya va Shvetsiyada 10 yil, Yaponiyada 5 yilda hisobdan o‘chiriladi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashga qarshilar: birinchidan, nomoddiy aktivlarni umuman korxona mablag‘i deb hisoblamaydigan iqti-sodchilar, ikkinchidan, tegishli sarflar hisobidan qo‘llab-quvvatlab turilishi sababli, firmaning amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va boshqa nomoddiy aktivlar qiymati pasaymaydi degan fikr tarafdorlari; nihoyat firma amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va bosh-qalarga amortizatsiya hisoblash hollarida, bir tomondan, kamayayotgan qiymatni almashtirish va saqlab turish sarflari amalga oshirilayotganligi sababli takroran hisoblash sodir bo‘ladi, deb hisoblovchi iqtisodchilar.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo‘mitasi (BHXS) moliyaviy hisobotlarning taqqoslanuvchanligini yaxshilash maq-sadida nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmasdan, darrov hisobdan o‘chirish metodlarini qo‘llashni ta’qiqlash va agar faqat bundan uzoqroq muddat belgilash asoslanmagan bo‘lmasa (ammo bu holda ham u 20 yildan oshmasligi) masalasini o‘rganmoqda.
Ta’kidlab o‘tganimizdek, bizning respublikamizda foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlarga eskirish 5 yil muddatdan kelib chiqib hisoblanadi (ammo korxonaning faoliyat muddati-dan oshmasligi kerak). Nomoddiy aktivlar auditi biz uchun yangi hisob va audit obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun nomoddiy aktivlarni hisobga kirim qilish usullari, haqqoniy baholash metodlari, ular qiymatini qoplash va sh. o‘. , shuningdek, joriy hisobda harakatini aks ettirish masalalari jid-diy ilmiy-tadqiqotlarni talab etadi.



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin