Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutlaq huquqdir. Patentga oid huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan patent amal qiladigan buyumdan, jarayon yoki faoliyatdan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning patent organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning himoyala-nishiga kafolat bermaydi va u sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanma-guniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham sudda muvaffaqiyatli himoya qilinishi bilan bog‘liq xarajatlarni patent baho-sining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy keli-shuv mavjud.
Agarda sud jarayoni boy berilgan bo‘lsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi. Patentning balans qiymati zarardan nolga teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatgacha kamaytiriladi.
Sanoat mulklari obyektlarining o‘ziga xos xususiyati, ularga egalik huquqini tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Audit jarayonida nomoddiy aktivlar muhofaza hujjatlarinnig haqiqiy-ligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bunda, qoidaga ko‘ra patent egasi-da saqlanadigan, faqat bitta rasmiy muhofaza hujjati berilishini, mazkur obyektdan litsenziyaga asosan foydalanadigan shaxslarda esa muhofaza hujjatining nusxasi bo‘lishi lozimligini nazarda tutish kerak.
Xalqaro amaliyotda «nou–xou» tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - qimmatga ega bo‘lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish va boshqaruv tizimini qo‘shgan holda) axborotlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chi-qarish sirlari ham sanoat mulki obyektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, yuridik kuchga ega bo‘lgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiq-lanmaydi, lekin ular tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi.
Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga ke-lishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo‘lmasligi uning tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirish-lari uchun yopiq bo‘lishi kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo‘llashi lozim. Ushbu maxfiylik shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan mahrum etadi. «Nou-xou» egasi hu-quqlarini himoya qilish O‘zbekiston Respulikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.