Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari ko‘rsatkichlarining o‘zaro mosligini tekshirish.
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
m. s.
|
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
m. s.
|
Farqi
|
ming so‘m
|
%
|
1
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati:
a)yil boshiga
(010-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga
(010-satr, 4-ustun)
|
143261, 0
149118, 0
|
3
|
Asosiy vositalar-ning boshlang‘ich qiymati:
a) yil boshiga
(130-satr, 3-ustun)
b) yil oxiriga (130-satr, 4-ustun)
|
143261, 0
149118, 0
|
-
|
-
|
2
|
Asosiy vositalarning eskirishi:
a) yil boshiga
(011-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga
(011-satr, 4-ustun)
|
17776, 0
26009, 0
|
3
|
Asosiy vositalar-ning eskirishi:
a) yil boshiga (130-satr, 7-ustun)
b) yil oxiriga (130-satr, 10-ustun)
|
17776, 0
26009, 0
|
-
|
-
|
3
|
Asosiy vositalarning qiymati:
a) yil boshiga
(012-satr, 3-ustun)
b)yil oxiriga
(012-satr, 4-ustun)
|
125485, 0
123109, 0
|
3
|
Asosiy vositalar-ning qiymati:
a) yil, boshiga (130-satr, 11-ustun)
b) yil oxiriga (130-satr, 12-ustun)
|
125485, 0
123109, 0
|
-
|
-
|
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) ko‘rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi.
Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo‘limi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni Bosh daftar bilan taqqoslash.
Hisobot
|
Bosh daftar
|
№
|
Satr nomi
|
so‘m.
|
Schyot shifri
|
Schyot nomi
|
So‘m
|
Farqi
|
1
|
Jami asosiy vosita-lar yil boshiga boshlang‘ich qiy-mati (130-satr, 3-ustun)
|
143261, 0
|
0110-0190
|
Schyotning hisobot yilining 01. 01. ga qoldig‘i
|
143261, 0
|
-
|
-
|
2
|
Jami asosiy vosita-lar yil oxiriga
boshlang‘ich qiy-mati (130-satr, 6-ustun)
|
149118, 0
|
0110-0190
|
Schyotning hisobot yili 31. 12 ga qoldig‘i
|
149118, 0
|
-
|
-
|
3
|
Asosiy vositalar eskirishi, yil boshi-ga (130-satr, 7-us-tun)
|
17776, 0
|
0210-0290
|
Schyotning hisobot yili 01. 01. ga qoldig‘i
|
17776, 0
|
-
|
-
|
4
|
Asosiy vositalar eskirishi yil oxiriga (130-satr, 10-ustun)
|
26009, 0
|
0210-0290
|
Schyotning hisobot yili 31. 12 ga qoldig‘i
|
26009, 0
|
-
|
-
|
5
|
Asosiy vositalar kirimi (ishga tushirilishi) (130-satr, 4 ustun)
|
12730, 0
|
0110-0190
|
Schyotlarning hisobot davri-dagi debet obo-rotlari summasi
|
12730, 0
|
-
|
-
|
6
|
Asosiy vositalar chiqimi (130-satr, 5-ustun)
|
6873, 0
|
0110-0190
|
Schyotlarning hisobot davridagi debet oborotlari summasi
|
6873, 0
|
-
|
-
|
– tegishli schyotlar qoldiqlarining yigindisi olinadi.
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob re-gistrlari ko‘rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo‘yicha tekshiruv da-vom ettiriladi. Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo‘yi-cha harakat ko‘rsatkichlarini inventar kartochkalar bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilgan-ligiga ishonch hosil qiladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning
to‘g‘riligini tekshirish
Auditor asosiy vositalarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligini tekshi-rishda o‘rnatilgan har oylik eskirish hisoblash qoidalariga buxgalteriya tomonidan rioya qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirish hisoblashda to‘ldiriladigan 6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo‘lib xizmat qiladi. Auditorga xizmat qilish muddati o‘tib, amortizatsiya hisoblash to‘xtatilgan asosiy vositalar obyekt-larining ro‘yxati taqdim etilishi lozim. Agar korxonada tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo‘llanilsa, ushbu holat uning hisob yuritish siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
korxona hisob siyosatida ko‘rsatilgan - asosiy vositalarga amorti-zatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish;
amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib borishning to‘g‘riligini tekshirish;
har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish;
amortizatsiya ajratmalarining hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyot-larida aks ettirishning to‘g‘riligini aniqlash № 5 BHMS, 21-BHMS va mi-joz-korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ining tegishli qismiga mu-vofiq amalga oshiriladi. Buning uchun korxona hisob siyosati bo‘yicha buyrug‘ining qoidalari; asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo‘-yicha ishlanma jadvallar ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo‘llaniladigan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi:
xizmat qilish muddati o‘tib ketgan asosiy vositalar;
amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar;
konservatsiyadagi asosiy vositalar;
amortizatsiya hisoblash to‘xtatilgan asosiy vositalar;
jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo‘llanilayotgan asosiy vositalar;
noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;
moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar.
Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish chog‘ida au-ditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi qol-diq usuli, foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yigindisi bo‘yicha qiymatini hisobdan o‘chirish usuli, qiymatni mahsulot (ish) hajmiga muta-nosib ravishda hisobdan o‘chirish usuli)ga e’tibor berishi zarur.
Asosiy vositalar obyektlarining bir xil guruhlari bo‘yicha amortizat-siya hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo‘llash butun foydali xiz-mat qilish muddati davomida boshqasiga o‘zgartirilmasdan amalga oshiri-lishi lozim. Ammo, soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 23-moddasiga muvofiq asosiy vositalar obyektlarining dastlabki qiymatiga nisbatan amalga oshi-ilishi ham mumkin.
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali xiz-mat qilish muddati to‘g‘ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya ajratmalari normalarini belgilash shunga bog‘liq. Amortizatsiya ajratmalari normalari noto‘g‘ri belgi-langan holatlar aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot(ish, xiz-mat)lar tannarxi qanchalik oshgan(pasaygan) ligini aniqlaydi.
Shuningdek, amortizatsiya hisoblash muddatlarining boshlanish va to‘xtatilish muddatlari, amortizatsiya hisoblashning muntazamligi, amorti-zatsiya hisoblashda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash-ning to‘g‘riligini tekshirish zarur.
Amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi tanlab tekshiri-ladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borishning to‘g‘riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Audi-tor amortizatsiya hisoblanadigan obyektlar asosiy vositalarning qaysi guru-higa (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vosita-lar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) da ishlati-layotganligi yoki operativ (qisqa muddatli) lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vosi-talar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari o‘z mablag‘lari man-balari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo‘yicha esa foyda va zararlar schyotiga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni hisobga olishda eng ko‘p uch-raydigan qoida buzilish hollari: ayrim korxonalarda asosiy vositalarga eskirish hisoblash har choraklikda amalga oshiriladi; soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat qilish muddati o‘tib ketgan asosiy vositalarga ham eskirish hisoblash davom ettiriladi; asosiy vosita-larga asossiz tarzda tezlashtirilgan eskirish hisoblanadi va h. k.
Ularni quyidagi jadvalda bayon qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |