Ma’ruzalar matni



Yüklə 4,32 Mb.
səhifə68/113
tarix02.08.2023
ölçüsü4,32 Mb.
#138419
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Nazorat savollari

  1. Portlandsement turlarini gapirib bering.

  2. Putssolanli va shlakli sementlar nima?

  3. Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.

  4. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib bering.


9- MAVZU




BETON VA UNING XOSSALARI . BETON.


Reja:

  1. Umumiy ma’lumotlar.

  2. Beton tayyorlash uchun materiallar.

  3. Beton qorishmasining xossalari

  4. Beton qorishmasining texnikaviy xossalari



1. Umumiy ma’lumotlar
Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, maxsus qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirib olingan sun’iy kompozitsion tosh materialidir.
SHartli ravishda, mineral bog‘lovchi, suv, hususiy xollarda qo‘shiladigan polimer modifikatorlar, mineral aktiv yoki inert dispers materiallar aralashmasini mikrokompozitlar, mikrokompozitlarga mayda va yirik to‘ldirgichlar aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan majmuani makrokompozitlar deb atash mumkin.
Betonning fizik-mexanik, deformativ xossalari, sovuqqa chidamligi va boshqa ekspluatatsiya hususiyatlari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash juda qiyinlashadi.
Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 1520% hajmni, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin.
Mineral bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarning turini o‘zgartirib, mustahkamligi, deformativ xossalari, turli ekspluatatsiya sharoitlariga mos keladigan, o‘rtacha zichligi turlicha bo‘lgan o‘ta og‘ir, engil, o‘ta engil, olovbardosh, radiatsiya nurini o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin.
Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,0% polimer qo‘shimchalar kiritib, qorishma va qotgan holdagi hossalarini o‘zgartirsa bo‘ladi. Betonga 15-40% oralig‘ida (sement massasiga nisbatan) yuzasi maxsus usullarda aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvars va tarkibida kvars bo‘lgan minerallarni kiritib betonga yangi xususiyatlar berish va portlandsementni tejash mumkin.
Betonni bog‘lovchi va to‘ldirgichning turiga, o‘rtacha zichligiga va ishlatish sohasiga nisbatan klassifikatsiyalash mumkin.
Beton bog‘lovchining turiga nisbatan quyidagicha klassifikatsiyalanadi: sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili, maxsus bog‘lovchili va boshqalar.
To‘ldiruvchining turiga nisbatan betonning quyidagi turlari mavjud:
Zich, g‘ovak, maxsus tayyorlangan to‘ldirgichlar. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga bardoshli, kimyoviy muhitlarga chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va boshqalar kiradi.
Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida maxalliy tabiiy toshlar-shag‘al, chaqiq tosh, qumlar va sanoat chiqindilari-donador metallurgiya shlaklari va boshqalar ishlatiladi.
O‘rtacha zichligiga nisbatan beton quyidagicha klassifikatsiyalanadi: o‘ta og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2500 kgm3 ortiq. O‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2200-2500 kgm3 bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlatilib olinadi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Engillashtirilgan beton-o‘rtacha zichligi 1800-2200 kgm3 bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Engil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kgm3 bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pemza va sh.k.); b) yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); v) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. O‘ta engil betonning o‘rtacha zichligi 500 kgm3 kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki yacheyka hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlar o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kgm3 oralig‘ida o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda katta oraliqda o‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va boshq.), gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar qurish uchun), devorbop va engil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, maxsus betonlar-kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli, radiatsion muhitlardan himoyalovchi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiy konstruksion material bo‘lib, monolit yoki yig‘ma temirbeton holida ishlatiladi. Beton tayyorlashda asosan maxalliy komponentlar ishlatilgani uchun tannarxi arzonga tushadi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Beton qorishmasi qoliplarga qulay joylanuvchan massa bo‘lgani tufayli istalgan murakkab shakldagi konstruksiya va qismlarni tayyorlash mumkin.
Sementli betonning asosiy kamchiligi, uning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasining pastligi bo‘lib, siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kamdir. SHuning uchun beton asosida konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘zilish qismi po‘lat armaturalar bilan kuchaytiriladi.

Yüklə 4,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin