Jamoat binolari karkaslari M200-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlardan temirbeton ustunlar, to‘sinlar va boshqalar tayyorlanadi. Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo‘ljallangan bo‘ladi. To‘sinlar maxsus quyma detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi.
Devor bloklari M50, M100 markali engil betonlardan (m1200kgm3) yaxlit yoki ichi kovakli qilib tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari unifikatsiyalashtirilgan bo‘lib, binoning seriyasiga moslashtirilgan bo‘ladi. Jamoat binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlardan (m700-1000 kgm3) va M35-M50 markali g‘ovak betonlardan (m550-700 kgm3) bir qatlamli qilib tayyorlanadi. Bunday panellarning uzunligi 3600 va 7200 mm, balandligi 2900 mm va qalinligi 400 mm bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa boshqa o‘lchamdagi panellar ham ishlab chiqariladi.
Tashqi devor bloklari va panellari o‘ng yuzasi manzarali qorishmalar qatlami, chaqiq tosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo‘yoqlar kompozitsiyalari bilan bezatilishi mumkin.
Ichki devorlarning panellariM100-M300 markali og‘ir, engil va yacheykali betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi, ta’sir etadigan yuklamaga qarab 120-160 mm bo‘lishi mumkin (7.1rasm).
Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo‘ladi. Panellar xonaning to‘rtta devoriga suyanadigan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Ularning qalinligi 160 mm bo‘ladi. Plitalar qalinligi 220 mm, eni esa 1,62,4 m o‘lchamlarda bo‘ladi.
Qavatlararo plita va panellar M200 va M300 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgich asosidagi engil betonlardan yassi yaxlit va yumaloq hamda oval kovakli ichi bo‘sh, shuningdek qobirg‘ali holda tayyorlanadi.
Bo‘shliqlar plita va panellar massasini kamaytiradi, issiqlik va tovush izolyasiyasi xossalarini yaxshilaydi, beton sarfini kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda yirik hajmdagi panelli turar joy binolarini qurish rivojlanmoqda. Bu tipdagi binolarni zavodda tayyorlangan bir yoki ikki xonaga mo‘ljallangan hajmiy konstruksiyalar asosida qurilish maydonida yig‘iladi. Hajmiy uysozlik konstruksiyalari og‘ir va engil betonlar asosida tayyorlanishi mumkin. Hajmiy panelli konstruksiyalarni ishlab chiqarish qurilish-montaj ishlarini keskin qisqartiradi, beton va metallni tejaydi, betonning mustahkamligi va sifatini oshiradi.
Tombop yopma konstruksiyalar jamoat binolari qurilishida strapila to‘sinlari, plitalar, panellar va boshqa buyumlar sifatida ishlatiladi.
Strapila ustunlari va to‘sinlari M300 markali og‘ir va engil betondan 6 m uzunlikda bir nishabli qilib tayyorlanadi.
Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og‘ir va engil betondan yassi va qobirg‘ali tiplarda uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3m qilib tayyorlanishi mumkin.
Tombop yopma plitalarning qobirg‘alari ichki va tashqi tomonlarga bo‘rtma holatda bo‘lishi mumkin. Tashqariga bo‘rttirilgan qobirg‘a baland bo‘lmay, ustiga choklarni berkitishga mo‘ljallangan maxsus temirbeton yopma qobirg‘ali plitalar kiydirilishga mo‘ljallangan. Tombop bunday yig‘ma temirbeton konstruksiya choklardan suvning sizib kirishini oldini oladi. To‘shama gidroizolyasiya materiallari ishlatmasdan suv o‘tkazmaydigan zich temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ushbu tipdagi tom konstruksiyasi katta ahamiyatga egadir.