Haykaltaroshlik.
Tasviriy
san'atning
turlaridan
biri
bo'lgan
haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo'lgan shakllar orqali makonda
tasvirlanadi. Stol ustiga qo'yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o'rnatilgan
turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi
buyumlarning yuzasidagi bo'rtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli
ko'rinishi hisoblanadi.
Haykaltaroshlik asarlari o'z ishlatilish o'rni, bajaradigan vazifasi va
tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq
ko'rinishda bo'ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko'rish
mumkin bo'lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo'rttirib ishlanganligi sababli faqat bir
tomondan ko'riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so'z
bo'lib, yuza degan ma'noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir
qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko'rinishi ham aks etadi. Shuning uchun
bunday releflarni ba'zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o'z navbatida,
ikki turga bo'linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef»
ham fransuzcha so'zdan olingan bo'lib, past relef degan ma'noni anglatadi.
Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo'rtgan) bo'lib, lekin
uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan,
tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo'rtma tasvirlar bunga misol bo'la oladi.
Bareleflar ayniqsa, amaliy san'at buyumlarini, me'morchilik binolarini bezashda
juda qo'l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar,
masalan, ko'za, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar,
binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo'rtma tasvirlar
ishlaganlar. «Gorelef» so'zi ham fransuzcha bo'lib, baland relef ma'nosini bildiradi.
Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo'rtib chiqqan
bo'lib, uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo'lishi shart.
Relefning yana bir turi bor. Bu o'yib ishlangan releflardir. Bunday releflar
odatda tekis yuzaga o'yib ishlanadi. Yuzani o'yish natijasida hosil bo'ladigan
yorug'-soya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadi. Bunday releflarning
imkoniyati chegaralangan bo'lganidan ular amalda juda kam qo'llaniladi. Bunday
releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi
materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda
xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug'vorlik,
adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko'rkam
ko'rinadi. Shuning uchun haykallar o'zining mazmuni va o'rnatiladigan joyiga
qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko'p. Bu
plastilin, loy, yog'och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir.
Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo'llanadi.
Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni
bo'yash hollari uchraydi. Bunga O'zbekiston hududidan topilgan qator
haykaltaroshlik asarlari misol bo'la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy
san'atning boshqa turlari kabi o'zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator
tur va janrlarga bo'linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental,
dekorativ
va
dastgoh
haykaltaroshligini
tushunamiz.
Monumental
haykaltaroshlikka
muhim
tarixiy
voqealar,
atoqli
shaxslar
xotirasini
abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan yirik o'lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar,
haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari
o'zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Lekin shu bilan
birga, u bevosita muhit bilan bog'liq bo'lib, me'morchilik binolari hamda tabiat
bilan uyg'unlikda bo'lishi lozim. Bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh
etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo'lgan xysusiyatlardan biri bu
tasvirlanayotgan qahramonlarning ko'tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental
haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo'ljallangan bo'lganligi
sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va
hokazolardan ishlanadi. Bulardan tashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari
uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan
keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi
mayda detallar ko'rsatilmaydi. Istirohat bog'lari, xiyobon va ko'chalar, shuningdek,
me'morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning
hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga kiradi. Haykaltaroshlik
san'atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar
monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida mustaqil mazmunni anglatib,
me'morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo'lmagan holda, kishiga mustaqil
fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me'morchilik bilan
bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini
ishlashda obrazlarni ko'tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida
esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo'rttiriladi. Haykaltaroshlikning
bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga
ishlanadigan turli bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlarining yuzasiga
ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar,
panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida
qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o'yinchoqlar ham
shu haykaltaroshlikning ko'rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o'zida
mustaqil mazmunni anglatadigan, san'atning bosh turlariga tobe bo'lmagan asarlar
kiradi. Bunday asarlar ko'rgazmalarga qo'yish, uylarga qo'yish uchun mo'ljallangan
bo'ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o'zining butun borlig'i bilan aks
etadi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik
o'zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga
ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham
ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko'rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligining
ko'rinishlaridan biri byust bo'lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal
hamda o'zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi
(kompozitsiya) tarzida bo'ladi. Haykaltaroshlik san'atining yana bir ko'rinishi -
terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so'z bo’lib, pishirilgan loy ma'nosini
bildiradi). Terrakota keng ma'noda loydan yasalib, pechda pishirilgan
haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko'rinishi
tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati
tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g'amginligi, kelajakka intilishi
va o'tmishga qayg'urishi ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning
tevarak-atrofga bo'lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin
etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o'ta ziyrakligi, odam
gavdasi va mimik o'zgarishlarini to'g'ri ifodalashi muhim o'rinni egallaydi. To'g'ri
topilgan harakat yuzdagi mimik holat - bular uning ta'sirli bo'lishiga zamin
tayyorlaydi.
MILOSLIK
AFRODITA
Tasviriy san'atning turlari.
Portrеt - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning
tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan
tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda
tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.
Avtoportrеt - portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir
o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi.
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks
ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki
kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni
tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda
mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U.Tansiqboеvning ``O`zbеkistonda
mart", "Jonajon o’lka", "Mеning qo`shig’im", N.Kashinaning "Tog’da bahor",
Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi", "Choyga", R.Tеmurovning "Bibixonimda
bahorim, "Ulugbеk madrasasi" asarlari mualliflarga shuxrat kеltirdi.
Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, "jonsiz tabiat" dеgan ma'noni
anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi
narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar,
mеva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tеvarak-atrofdagi narsalarni
tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y
byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R.Axmеdov,
L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod
qilmoqdalar.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan
vokеa-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz.
Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr - "botal" frantsuzcha so`z bo`lib, "jang", "urush" ma'nosini
bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy
yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida
jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga
bo`lgan chеksiz muhabbati ifodalanadi. Lеonardo da Vinchi, M.B.Grеkov,
G.QSovitskiy,
•A.A.Dеynеka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday
musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiеvnnng "Spitamеn ko`zroloni', musavvir
R, Rizamuhammеdovning "Mukanna ko`zgololi"., musavvir T. Sodiqovning
Tumarisning qasosi" nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi.
Animalistik - janr o`zgacha ) tasiry san'at turidir. U lotincha "anima",
"hayvonot olami" dеgan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot,-
dunyosiga" zur qiziqish, sеvgi va mahorat bilan yondoshadi.
Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega
bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining dеvorlariga kiyiq qutos, mamontlarning
suratlarini chizganlar.
Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar
to`zishda hamda monumеntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI
asrga kеlib hayvonot olami anatomiyasini buyuk .musavvirlar Lеonardo da Vinchi
va A.Dyuryerlar ishladilar.
Kеksa haykaltarosh va grafik musavvir V,:A.Vatagin o`zining asarlarida
turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida
mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga
musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va
slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir.
Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik
hayotini, turli vokеalarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari -
Pityer dе Xoh Ostadе, Stеn, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi.
Rеalist rassomlardan P.Fеdotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy,
QSavitskiy, I.Rеpin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa
qo`shdilar. O`zbеk rassomlaridan R.Axmеdov, M.Saidov, Z.Inogomov,
R.Choriеv, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar.
Dostları ilə paylaş: |