illyustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar
kiradi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda
qog'ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri,
uning seriyali qilib
ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali
rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi.
Grafika san'ati hozirjavob san'atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun
uzoq vaqt kerak bo'ladi (axir ba'zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil
kerak bo'lgan), grafika san'ati asarlarida esa shu bugun sodir bo'lgan voqea shu
bugunoq o'z aksini topishi mumkin. Grafika san'atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa
ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko'ngilli
bo'lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam
kiyimi ochiq qizil rangda ko'rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish
qiyin. Rassom rang orqali o'z asarining yanada ta'sirchan bo'lishiga erishgan. Kishi
shu plakat oldidan o'tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o'ziga tortadi.
Natijada u to'xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san'atining atoqli
vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan
davlatning ramzi sifatida
foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning
dushmanlarini esa qora va ko'k ranglarda ishlab, o'z g'oyalarini tez va oson
tushunarli bo'lishiga erishganlar. Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi
va mazmuniga qarab,
dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat
hamda amaliy grafika san'atiga bo'linadi. Dastgoh grafika san'atiga mustaqil
xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g'oyalarni ilgari
suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san'ati asarlarining
ko'rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi
asarlarida biron-bir mazmun,
odamlarning xatti-harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal
grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni
bilan bog'liq bo'ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to'laroq ochib berish
uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va
gazetalarga chizilgan turli rasmlar,
bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob
hamda gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir.
Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog'liq bo'lib, shu asarda tasvirlangan biron-
bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya
yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab o'qiydi, matnda
tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo'layotgan joyning
xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga
kirishadi.
Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining
chuqurroq ochilishiga
va ta'sirliroq bo'lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko'rinishda bo'ladi.
Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim
voqealar
tasvirlanishi
mumkin.
Kitob
va
gazeta-jurnal
grafikasining
ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo'lib, u tanqidiy xarakterga ega bo'ladi hamda
o'zida satira va yumorni mujassamlashtiradi.
Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni o'z
asariga mavzu qilib oladi va uning ba'zi tomonlarini bo'rttirish orqali rasmlarning
qiziq va kulgili bo'lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni
tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kislularimiz
sha'niga dog' bo'lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo'lgan
nodonlik, xurofot, tekinxo'rlik, poraxo'rlik, davlat mulkiga xiyohat qiluvchilarning
basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san'atining turlaridan yana biri plakatdir.
Plakat lotincha so'zdan oUngan bo'lib, «e'lon», «guvohnoma» degan ma'noni
anglatadi. Grafika san'atining nihoyatda keng tarqalgan
turlaridan biri amaliy
grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar,
tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub.
Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san'at emas, u ham
san'atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda
bo'layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g'oyalarini xalq
orasida targ'ib qiladi.
Grafika san'ati eng demokratik san'atdir. U goh plakat tarzida,
goh gugurt
qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat
tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi,
kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika
san'ati
katta
g'oyaviy-siyosiy
ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: