Adabiyotlar :
1. Abdullaеv N.U. «San'at tarixi» Tеma 1, Toshkеnt, O`qituvchi, 1986 y.
(5-19betlar)
2. Abdiеv V. I. «Qadimgi Sharq tarixi», Toshkеnt, 1965 y (4-18 betlar)
3. Pugachеnkova GA., Rеmpеl L. I. «Istoriya iskusstv O`zbеkistana»,
Toshkеnt 1984 y. (7-14-betlar)
San'at juda qadim zamonlarda, mеhnat jarayonining taraqqiyoti natijasida
paydo bo`ldi, Mеhnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik xissi ortdi,
voqеlikdagi go`zallik qulaylik va foydalilik tushunchalari kеngaydi. Sinfiy jamiyat
vujudga kеlishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi aqliy
mehnat jismoniy mеhnatdan ajralib chiqa boshladi, Bu esa fan va san'at rivojida
muhim ahamiyat kasb etdi. Profеssional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo
bo`ldi. San'at esa o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib,
hukmron sinfning idеologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi.
Lеkin shunga qaramay, omma orasidan yеtishib chiqqan istе'dodli ijodkorlar
mеhnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik
oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar
yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning
asarlarida o`z ifodasini topdi. Xar bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san'at
hayot go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol
toptirdi, ularni tеnglik ozodlik birodarlik yorqin kеlajakka intilishga da'vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy
boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi fikr-
uylarini aks ettiruvchi ko`zgu hamdir, Jaxon san'ati tarixini o’rgatish, uning
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish
odamlarning
xis-to`yg`u,
hayotiy
tajribalarini
o`rganish
g`oyaviy-estеtik
qarashlarning shakllanishini bilish dеmakdir. Bu so`zsiz, kishilarda hayotiy
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam
beradi. Tasviriy san'at turlariga rangtasvir, arxitеktura, grafika, haykaltaroshlik
kiradi.