1. XX asr boshlarida o’zbek san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
2. O’zbek san’atida realistik dastgoh san’atining rivojlanishida an’ana va o’ziga
xoslik
nimada?
3. O’zbek san’ati taraqqiyotining asosiy bosqichlarini ayting.
4. XX asrlarda O’zbekistonda qanday rassomlar yashab ijod qilib kelganlar?
5. B.Hamdamiyning “Ish tugadi” asari qaysi davr haqida hikoya qiladi?
6. P.Benkovning ijodi to’g’risida nimalar bilasiz?
15 - Mavzu: Mustaqillik davri O’zbekiston san’ati
REJA:
1. Shu davr san’atkorlari va ularning asarlari bilan tanishtirish.
Adabiyotlar:
1. Oydinov N. Tasiriy san’at tarixidan lavhalar. Toshkent «O’qituvchi» 1997. (60-
89)
MAVZUNING MATNI: O’zbekiston tasviriy dastgoh san’ati
juda qisqa
vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib
o’tdi. Respublikamiz rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib,
san’atimiz ta’sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning
rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort,
portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini,
manzara
janrida esa, o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat
ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga
qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me’morchilikning nodir
yodgorliklarini o’z asarlarida ko’rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg’or
kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning
O’zbekiston Vatanimiz ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni etkazib berdi.
Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov,
Damir Ro’ziboev, Ilhom Jabborov,
Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher
Mirzaev, Akmal Ikromjonov, Ne’mat O’akimov, Osimxon Vosixonov,
Temur
Sa’dullaev, o’ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O’zbekiston xalq
rassomi Alisher Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an’analariga, boy va
sermazmun o’tmish tasviriy san’at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o’z
xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat
bag’rida o’zbekona an’analarni, to’ylarni, beg’ubor o’zbek bolalarini, lobar
qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo’ldi.
Jumladan, “Toshkent - tinchlik va do’stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”,
“Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo’shiq” kabi o’nlab asarlar moybo’yoqda
yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarni
e’tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag’ishlaydiki, undagi
go’zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom
asarlari bugungi kunda
xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda ham ma’lum
va mashhurdir.
Bahodir Jalolov ham O’zbekiston xalq rassomi bo’lib, zamonaviy
rangtasvir san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan
biridir. B.Jalolov tasviriy san’at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik
Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san’at
sirlarini o’rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda
yuksak mahorat aniq
ko’zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg’ular uyg’unligi tomoshabinni o’ziga
mahliyo etib qo’yadi. U portret san’atida ko’p yutuqlarga erishdi. Uning to’laqonli
asarlarida o’zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o’z ifodasini topgan. U bir
katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa
taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o’zgacha talqin etiladi.
Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron
Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko’plab asarlarini
misol qilib keltirish
mumkin. Mustaqil O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy
muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli
tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini
o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega
bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil
qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini
ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va
grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60
yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga
xosligini
harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va
keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida
xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch
kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim
R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida
zamondoshlarimiz
obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida
katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy.
Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi
orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga
bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor
bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini
matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari
kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan
musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi.
O’aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri
uning asarlarida hissiy
mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u
inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston
tasviriy san’ati tarixi - jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir.
O’zbekiston san’ati boy merosga ega. O’ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz
va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy
san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi
nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’-
e’tiboriga ega.