Fransisko Goyya (1746-1828) ham 21-asrning yirik rassomi. U Evropa
realistik san’atining yo’lboshchisidir. Ispan xalqining fojeali taqdiri va
qahramonligi, ijtimoiy hayotdagi real voqealar rassom usun ijod manbai bo’lib
hizmat qildi. Shu voqealarni tasvirlash orqali u o’zining hodisalarga munosabatini,
xukm chiqaruvchi san’atkor ekanligini namoyon qildi.
Uning asarlarida inson
hissiyoti, uning xis-tuyg’ulari va kechinmalari o’z ifodasini topdi. Goyya Saragos
yaqinidagi qishloqda xunarmand oilasida dunyoga keldi. Tasviriyyot asoslarini
dastlab shu erdagi mahalliy rassom ustaxonasida o’rgandi. Keyin tahsilni Madridda
akademik maktabining yirik vakili Fransisko Baye qo’lida davom ettirdi. Italiya
bo’ylab safarda bo’lib, o’z bilimini kengaytirdi. Goyyaning ilk ijodida shu davr
ispan san’atida etakchi bo’lgan klassizm uslubi ta’siri borligi uning “Oyoq-qo’li
mihlab qo’yilgan Iso” suratida namoyon bo’ladi. Bu rasmi uchun rassom akademik
unvoniga sazovor bo’lgan. Goyya cherkov uchun devoriy suratlar ham ishlagan.
Goyyaning rassomlik iste’dodi qirol Shpaler manufakturasi
uchun suratlarida
yorqin ko’rindi. 43 kartonda ishlangan bu suratlarda rassom xalq hayotidan olingan
lavhalarni-hosil o’rimi, o’yin, bayramlarni tasvirlaydi. Xalq sayli va shodiyonasini
aks ettiradi. U mahoratini oshirish borasida ishlashni davom ettirib, Velaskes,
Rembrandt ijodlarini o’rgandi. Ularning asarlaridan ko’chirmalar oladi. Rassom
o’z asarlarida zamonasining eng muhim voqealarini ko’rsatish
orqali davr
mohiyatini ifodalashga intiladi, illatlarni, ziddiyatlarni ochib tashlaydi. Shuning
uchun uning asarlari ko’rinishi jihatidan jo’shqin va hayajonli.
Dostları ilə paylaş: