13 - Mavzu: XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rus san’ati, XIX asr
oxiri – XX asr boshlarida O’zbekiston san’ati.
REJA:
1. Talabalarni shu davr rus san’ati bilan to’liq tanishtirish.
2. Rossiyaga Evropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan
tanishtirish.
3. X1X-asr oxiri va XX-asr boshlaridagi O’zbekiston san’ati haqida batafsil
tushuncha berish.
Adabiyotlar:
1. Ilina «Istoriya russkogo iskusstva», M. 1979 y. (34-76)
2. A.D.Chegodeev, M.V.Alpatov «Vsemirnaya istoriya iskusstva», T-4 M.1949
3. M.V.Alpatov «Russkoe iskusstvo XVIII-XIX vekov». M. 1958 y. T-2 (22-45)
4. A.Egamberdiev va boshqalar. “Tasviriy va me’morchilik san’ati tarixi”
Toshkent-2007 y.
MAVZUNING MATNI:
Rus san’atining keyingi rivojlanishi XVIII asr boshlaridagi Pyotr I
reformalari bilan uzviy bog’liqdir. Pyotr I rus san’ati va madaniyatini ko’tarish
uchun haqiqiy jonbozlik ko’rsatdi. Shu davrda Pyotr I Peterburg shahriga asos
soldi. Shahar qurilishi uchun chekkadan ko’plab me’mor, quruvchi-injenerlar,
rassomlar jalb etildi. Shu bilan birga milliy san’atkorlarni tayyorlash muhim
vazifalar qatoriga qo’yildi. Qobiliyatli rus yoshlari chet ellarga o’qishga yuborildi,
ularga shaxsiy homiylik qilindi. Bu esa rus badiiy maktabining rivojlanishiga
samarali ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda etakchi o’rinni me’morchilik san’ati egalladi.
Uning tur va janrlari kengaydi, yangi tiplari, jumladan teatr, kutubxona, saroylar,
o’quv dargohlari, maydon va bog’-parklar vujudga keldi. Haykaltaroshlik borasida
katta yutuqlarga erishildi. Bu o’rinda Pyotr I ga o’rnatgan yodgorlik, “Mis
Chavandoz”, V.Kozlovskiyning “Samson”, A.Suvorov haykali F.I.Shubinning
portretlari, Martosning “Minin va Pojarskiy” haykallarini eslab o’tish mumkin. Bu
asarlar Evropa klassik san’atining an’analarini chuqur egallagan, uni yangi davr
mazmuni bilan to’ldira olgan etuk ijodkorlar mavjudligidan, rus san’atining ilg’or
vakillari Evropa san’ati bilan uzviy bog’liqligi va aloqadorligidan dalolat beradi.
Bu davrda rangtasvir sohasida ham sezilarli rivojlanish bo’ldi. Portretchi rassom
I.N.Nikitin,
A.G.
Antropov,
I.P.Argunov,
F.S.Rokotov,
D.G.Levitskiy,
V.L.Borovikovskiylar rus realistik rangtasvirining rivojiga samarali ta’sir
ko’rsatdilar. Shu davr ijodkorlari san’at tarixida birinchi bo’lib, xalqning
ulug’vorligini to’laqonli, ko’p figurali kompozitsiyalar orqali yoritib, o’z davrining
haqiqiy obrazli panoramasini yaratishdi. Portret, maishiy, tarixiy va manzara
janrlarida yaratilgan asarlar yuksak mahorat bilan ishlanganligi, o’zining chuqur
psixologizmi, kompozitsion tugalligi va mazmundorligi bilan hamon kishilarga
estetik va ma’naviy ozuqa baxsh etib kelmoqda. XIX asr rus san’ati taraqqiyotidagi
dastlabki bosqich bevosita 1812 yil Vatan urushi bilan bog’liqdir. Urushning rus
xalqi uchun g’alaba bilan tugallanishi milliy g’ururning o’sishi, insonga nisbatan
yangi munosabat, hurmat bilan qarashning paydo bo’lishiga olib keldi, hamon
hukm surayotgan krepostnoy tuzumining jamiyat taraqqiyotiga to’siq ekanligini
aniqroq ko’rsatib berdi. Rossiyaning ilg’or kishilari bu tuzumning bekor qilinishini
talab qilib, Chor Samoderjaviyasiga qarshi kurash boshladilar. Bu kurash bo’lib
o’tgan Dekabristlar qo’zg’olonida yaqqol namoyon bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi
kayfiyatlar san’at va adabiyotga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. San’atkorlar inson
qadr-qimmatini ulug’lovchi asarlar yaratishga alohida e’tibor bera boshladilar.
Insoniy burch, vatanparvarlik mavzularida asarlar yaratdilar. San’atkorlar o’z
asarlarida ommani tarbiyalash, ular orasida ma’rifat tarqatishga harakat qildilar. Bu
davrning
ilg’or
vakillari
portret
ustasi
O.A.Kiprenskiy,
V.A.Tropinin,
A.G.Venitsianovlar edi. Ular hayotni jon dili bilan sevuvchi inson obrazlarini
yaratdilar; hayotni to’laqonli tasvirlab, inson va tabiat uyg’unligini kuyladilar.
Insonlarning mehnatsevarligini, ichki go’zalligini uning jasurligini o’z asarlarida
ko’rsatdilar. Bu rassomlar mohir pedagog sifatida ham mashhurdirlar. XIX asrdan
boshlab, rassomlar qaysi mavzuga murojaat qilishmasin, qaysi janrda asar
yaratishmasin, dastlab o’z zamondoshlarining his-tuyg’u, fikr va o’ylarini
ifodalashga, davrning dolzarb masalalarini xalq orasiga yoyishga harakat qildilar.
Bu o’rinda K.P.Bryullovning “Pompeyning so’nggi kuni”, A.A.Ivanovning
“Isoning xalqqa ko’rinishi” kabi polotnolari xarakterlidir. “Pompeyning so’nggi
kuni”da rassom o’tmish voqeasini tasvirlash bilan chegaralanmaydi, balki shu fakt
asosida o’sha davr uchun zarur bo’lgan ahloq, burch masalalarini kuylaydi.
Rassom odamiylik va xudbinlikni qarama-qarshi qo’yar ekan, shu bilan birga
insoniylikni hamma narsadan yuksak qo’yadi. Bu hol odamlarning hatti-harakati,
hissiy kechinmalaridan yaqqol ko’rinadi. Bryullov oliyjanoblikni, insoniylikni
ulug’laydi, inson manfaatini shaxsiy manfaatdan yuqori qo’yadi. A.Ivanovning
“Isoning xalqqa ko’rinishi” asari diniy mavzuda orqali bo’lsa ham, rassomning
xalq hayoti masalalari to’g’risidagi fikr-o’ylari unda etakchi o’rinni egallaydi va
natijada asar davr mazmuni va kayfiyatini aks ettiruvchi realistik asar darajasiga
ko’tariladi. Xalqning haqiqatga, ozodlikka bo’lgan intilishi va ichki kechinmalari
bu asar mazmunini tashkil etadi.
Rus rangtasvirida yaratilgan bu asarlar keyingi rassomlar tomonidan yana
rivojlantirildi, mavzulari kengaytirildi.
X1X-asr oxiri tasviriy san’at taraqqiyoti va xarakteri bevosita rus
revolyutsion harakati bilan chambarchas bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar o’z
ijodlarida bevosita revolyutsion demokratlar V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy,
N.A.Dobrolyubovlarning
g’oyaviy-estetik
printsiplariga
murojaat
qildilar.
San’atkorlar o’z ijodlarida xalq hayotining mohiyatini ochib berishga, xalqning
buyuk qudratini kuylashga harakat qildilar. Inson huquqini paymol etuvchilarga
qarshi isyon ko’tardilar, ijtimoiy tuzum kirdikorlarini fosh etdilar. San’atda sodir
bo’lgan bu xususiyatlar rangtasvirning maishiy va portret janrlarida yaqqol
namoyon bo’ldi. Bu sohada etuk, g’oyaviy pishiq asarlar yaratildi. San’atda sodir
bo’lgan bu yo’nalishlarning ravnaqi bevosita XIX asrning II yarmida tashkil
etilgan “ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” birlashmasining faoliyati bilan
bog’liqdir. Unda mashhur rus tanqidchisi V.A.Stasov hamda san’at homiysi
P.M.Tretyakovlarning roli katta bo’ldi. “Ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” o’z
tevaragiga ilg’or san’atkorlarni birlashtirdi, xalq hayotini aks ettiradigan realistik
san’atni rivojlantirish va targ’ib etishni o’zining asosiy maqsadi deb bildi. Bu
birlashmaga a’zo bo’lgan, uning g’oyaviy platformasini tan olgan va
ko’rgazmalarida qatnashgan rassomlar “sayyor rassomlar” deb nomlandilar.
Bularning yo’lboshchisi va tashkilotchilaridan biri Ivan Nikiforovich Kramskoydir.
U portretchi san’atkor sifatida taniqli bo’lib, uning asarlari o’zining chuqur
psixologizmi bilan ajralib turadi. Uning ko’pgina portretlari chuqur talqin etiladi,
ya’ni tasvirlanayotgan obraz biron-bir narsa bilan shug’ullanayotgan paytda,
tevarak-atrof ko’rinishi bilan bog’liq tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, uning
“Nekrasov”, “Notanish ayol” asarlari juda mashhurdir.
“Sayyor rassomlar” a’zosi, taniqli rassomlardan biri V.G.Perovdir. U
o’zining butun ijodiy faoliyatida xalq hayotini tasvirlashga, mavjud tuzum
kamchiliklarini ochib tashlashga intildi. Uning bu intilishlari “Uchovlon”,
“Marhumni kuzatish”, “Chegaradagi mayxona” kabi qator asarlarida o’z ifodasini
topgan. XIX asrning II yarmidan boshlab rus badiiy hayotida faol ishtirok eta
boshlagan buyuk rus rassomi I.E.Repin o’zining butun umrini rus san’atining
ravnaqiga bag’ishladi. Repin tarixiy, maishiy va portret janrlarida samarali mehnat
qilgan. Uning asarlari o’zining chuqur psixologizmi, badiiy tilining soddaligi va
tushunarliligi hamda yuksak professional mahoratda ishlanganligi bilan kishini
hayratlantiradi. U yirik, ko’p figurali asarlar yaratdi, “Kursk guberniyasidagi
yurish”, “Zaporojeliklar maktubi”, “Volgadagi burlaklar”, “Ivan Grozniy va uning
o’g’li Ivan”, “Kutmagan edilar” kabi buyuk asar shular jumlasidandir. Shu bilan
birga u mashhur zamondoshlarining portretlari galereyaisni ham yaratib qoldirdi.
Bular ichida M.P.Musorgskiy, M.V.Glinka, L.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, V.V.Stasov
portretlari diqqatga sazovordir. XIX asrning ikkinchi yarmida samarali ijod qilgan
V.M.Vasnetsov o’z ijodida xalq doston va ertaklardan olingan syujetlar asosida
asarlar yaratdi. Uning “Pahlavonlar”, “Alyonushka”, “Bo’ri mingan shahzoda”,
“Kanizey podsho huzurida”, “Uyqudagi malika”, “Uchar gilam” asarlari
mashhurdir. Bu asarlarda xalqning baxt-saodat va adolat haqidagi orzu-umidlari
kuylanadi. Bu davr dunyoga mashhur yirik san’atkorlarni etkazib berdi. Ular ichida
portret ustalari V.A.Serov, K.Korovin, K.Makovskiy, buyuk rus tarixiy janrchisi
V.I.Surikov, N.A.Yaroshenko, I.M.Pryanishnikov, teatr rassomi M.A.Vrubel,
N.A.Kasatkin, A.E.Arxipov.
Bu davrda haqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi.
Manzarachi rassomlar rus o’lkasining go’zalligi, bepoyonligini ko’rsatish orqali
kishilarda vatanparvarlik hislarini o’stirishga, oddiy tabiat ko’rinishidagi
go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qildilar. Tabiatning turli holatlarini real
tasvirladilar. A.K.Savrasov ana shunday birinchi rassomlardandir. Uning “Qora
qarg’alar uchib kelishdi” deb nomlangan suratida qish qaytishi, tabiatning
jonlanishi tushunarli va jonli talqin etilgan. Shu davrda yashagan I.I.Shishkin,
F.A.Vasilev, V.D.Polenov kabi rassomlar ham rus manzara tasviri namunalarini
yaratib qoldirdilar. Shu davrda yashab ijod etgan yirik rus rassomi I.P.Levitanning
mavzusi ham rus tabiatini kuylashga qaratilgan. U o’z asarlarida tabiat go’zalligi
va ulug’vorligini ko’rsatish bilan birga, asarlarida davr kishilarining ruhi
ifodalashga, o’zining hayot to’g’risidagi falsafiy fikrlarini bayon etishga harakat
qildi. Uning “Vladimirka”, “Qabr ustida”, “Mangu sukunat” kabi asarlari shular
jumlasidandir.
XX asr boshlarida insoniyat tarixida yangi davr boshlandi. Bu san’at chin
ma’noda ommani orzu-istaklarini, his-tuyg’u, fikr-o’ylarini ifodalovchi san’atga
aylandi. Xalqning o’zi esa uning ijokori bo’lib, maydonga chiqdi.
San’atning bosh qahramoni xalq edi. Uning oliyjanob mehnati, er yuzida
tinchlik, demokratiya uchun olib borayotgan kurashi, hayotga bo’lgan chuqur
muhabbati san’atkorlarning asosiy mavzusidir. Bu davrda san’atning mavzusi
kengaydi, uning yangi tur va janrlari maydonga keldi. Bu tarixiy sobiq inqilob
janridir. Bu janrning mazmuni bevosita sho’rolar inqilobi, fuqarolar urushi yillari
bilan bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar bu janrga murojaat qilar ekanlar,
dastlar xalqning ulug’vorligi va qudratini ochib berishga harakat qildilar. Bu davr
ajoyib ustalarni etkazib berdi. Bular ichida rassomlardan Isak Izrailevich Brodskiy
edi. U bir nechta yirik monumental asarlar yaratdi. Bulardan tashqari shu davrning
yirik rassomlaridan G.G.Ryajskiy, B.V.Ioganson, K.S.Malevich, A.V.Lentulov,
A.A.Deyneka, A.A.Plastov, M.Serov, A.Samoxvalov kabi rassomlar yashab ijod
qilganlar. Inqilob mavzusidan tashqari manzara janri ham katta yutuqlarga erishdi.
Manzara janrida ishlagan rassomlardan biri bu A.A.Rilov edi. Uning asarlari go’zal
va ulug’vor. U asarlarini davr kishilari ruhi bilan to’ldirishga harakat qiladi.
Oktyabr to’ntarilishi va fuqarolar urushini aks ettiruvchi asarlar, insonlarning
mardligi va jasoratiga bag’ishlangan polotnolar ham o’sha davr tarixida faxrli
o’rinni egallaydi. Bu mavzudagi asarlar o’zining ishlanishi va uslubining rang-
barangligi bilan ajralib turadi. A.A.Deynekaning “Petrograd mudofaasi” deb
nomlangan polotnosi 1928 yil yaratilgan. M.B.Grekovning “Budyoniy otryadiga”,
N.M.Shuxminning “Maydonga chiqish haqida buyruq” G.K.Savitskiyning “Eski
armiyaning 1918 yil stixiyali qaytishi” K.S.Petrov-Vodkinning “Komissarning
o’limi”, 1919 y. “Trevoga”, I.D.Shadrning “Tosh-proletariat quroli” kabi asarlarida
sobiq inqilob va fuqarolar urushi yillaridagi kishilarning kayfiyati o’zining badiiy
ifodasini topgan.
Shu bilan birga kishilarning dushmanga bo’lgan nafrati, o’z yurti va
xalqiga bo’lgan chuqur muhabbati san’atkorlarning II jahon urushi mavzusidagi
ishlangan asarlarida o’zining badiiy ifodasini topdi. A.Deynekaning “Sevastopol
mudofaasi”
(1943),
S.A.Gerasimovning
“Tartizanning
onasi”
(1942),
F.D.Favoyrskiyning “O’limdan kuchli” (1951), I.Toidzening “Ona Vatan da’vati”
(1941) asarlari shular qatoridandir.
Bu davrda maishiy janr ham yangi mazmun kasb etdi. Bu mavzuda
yaratilgan asarlarda shu davr kishilarining kundalik turmushi, mehnati, yoshlarning
tarbiyasi aks ettirildi. N.B.Terpsixorovning “Birinchi shoir”, E.M.Cheptsovning
“Qishloq yacheykasining majlisi”deb nomlangan suratlarda kechagi dehqonning
bugungi kunda jamiyat ishlarida faol ishtirok etayotganini sodda, lekin ishonarli
talqin etiladi. Maishiy janr taraqqiyoti,jamiyt taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda
rivojlanadi. II jahon urushi yillari o’sha davr kishilari uchun haqiqiy sinov yillari
bo’ldi. Bu yillarda ularning front ortidagi qahramonligi, rassomlarning maishiy
mavzusidagi asarlarida o’z ifodasini topdi. Bu janrning keng rivojlanishiurushdan
keyingi yillarga to’g’ri keldi. Bu yillarda u etakchi janr qatoridan o’rin olib, xalq
hayotining hamma tomonlarini qamrab oluo’chi san’at darajasiga ko’tarildi.
Rassomlar asarlarida tinch mehnat, farovon xayotgo’zalligini kuyladilar. Insonlar
orasidagi mehribonlik, olijanoblik, do’stlik kabi fazilatlarni ulug’ladilar. Bu davr
san’atida yoshlar hayotiga bag’ishlangan juda ko’p asarlar ham yaratilgan. Bu
asarlarda sobiq sovet yoshlarining san’atga, ma’rifatga qiziqishi tarannum etiladi.
Bolalar hayotiga bag’ishlangan asarlar ham yaratildi. F.P.Reshetnikov tomonidan
yaratilgan “Yana ikki oldingmi?”, “Kanikulga qaytdi” kabi asarlarida bolalarga xos
bo’lgan xislatlar ishonarli talqin etiladi.
|