me’morchiligining yangi printsiplari Toshkent shahrini
qayta tiklash va qurishda
o’z aksini topdi.
60-80-yillardagi jamoa binolari me’morchiligi o’zining aniq maqsadga
qaratilgan kompozitsion kengligi, shaklning mahobatliligi bilan ajralib turadi.
Misol sifatida 1962-64 yillarda arxitektor V.Berezin loyihasi asosida qurilgan
san’at saroyi, arxitektor I.Merportning “O’zbekiston” mehmonxonasi, F.Tursunov,
R.Xayriddinovlarning O’zbekiston rassomlar uyushmasi ko’rgazmalar zali,
me’mor S.Odilov, Y.Bukina, Rozanovlarning xalqlar do’stligi saroyi va me’mor
V.Apivak tomonidan malga oshirilgan “Moskva” (Chorsu) mehmonxonasini
olishimiz mumkin. Bu ma’muriy binolar jihozida an’anaviy xalq amaliy me’moriy
bezaklari, mahobatli rangtasvir va haykaltaroshlik namunalari keng qo’llanilgan.
O’zbekiston tasviriy san’atining vujudga kelishi va shakllanishidagi
birinchi bosqich 1910-20-
yillarga
to’g’ri keladi.
L.Bure,
A.Volkov,
A.Tetevosyanlarning ijodiy izlanishlari bu davr tasviriy san’ati haqida tasavvur
beradi. Bu davrla omma uchun xajviy chizgilar rivojlandi, bunday san’at
asarlari
M.Kurzin, V. Rojdestvenskiy, S.Malt, A.Nikolaev (usto Mo’min), I.Ikromov,
M.Hakimjonov va boshqalar tomonidan amalga oshirildi. 20-yillar rangtasvirida
P.Benkov, A.Volkov, O.Tatevosyan, A.Nikolaev, O’.Tansiqboev, N.Karaxanlar
faol ijod qilishdi. Ular ijodida milliy o’ziga xoslikning turli ko’rinishlari va
xolatlari, uslubiy izlanishlarning turli-tumanligi, yorug’-soya va kalaristik talqin
namoyon bo’ldi.
Ko’p xollarda rassomlar naturadan olgan taassurotlarini hikoya qilishga
berilib, kartinada shu to’plagan taassurotlari yig’indisini berishga e’tibor
qaratilmagan. Bu o’sha davr rangtasvirining harakterli xususiyatidir. An’anaviy
xalq turmushi ko’pincha me’morlik, jonli, shovqin-suronli bozorlar, choyxonada
osoyishta choy ichish fonida tasvirlanadi. Rassomlarni
kishilar egnidagi sharq
kiyim-kechagiga xos serxashamlik va ranglarga boylik ko’proq o’ziga tortadi. Bu
xususiyatlar A.Usupov, L.Bure, R.Vommer, I.Kazakov asarlarida ko’rindi.
30-yillarda P.Benkov bilan birgalikda N.Kashina, Z.Kovalevskayalar
muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Mahalliy rassomlardan A.Abdullaev,
B.Hamdamiy, A.Toshkenboev, Z. Saidnosirova, L.Abdullaev, R.Temurovlar o’z
izlanishlarini boshladilar. 40-yillarda tashviqot plakatlariva hajviy chizgilar “O’z
TAG oynasi” da bosilib chiqdi.
50-yillarda zamonaviy me’morchilikka xos asarlar, manzara, portret, batal
janridagi izlanishlar ko’zga ko’rina boshladi. Bu davr Sankt-Peterburg Badiiy
akademiyasini bitirib kelgan mahalliy rassomlar R.Axmedov, M.Saidov,
N.Qo’ziboev, shuningdek Z.Inog’omovlarning ijodiy faoliyati bilan bog’liq.
Mahobatli rangtasvir rivojida Ch.Axmarov izlanishlari e’tiborga molikdir.
Haykaltaroshlikda F.Grishenko, N.Krimskaya, A.Ivanov ijodi ahamiyatlidir.
Shuningdek, bu davrda kitob va dastgohli grafika ham jonlandi.
60-80-yillarda ifodaviy vositadagi ta’sirchanlik xususiyatining jadal
suratlar bilan kuchayishi yuz berdi. San’atdagi egiluvchan echim uslubining
kuchayishi, naturani obrazli umumlashma darajasiga ko’tarish alomati sezildi.
Rangtasvirda
N.Pak,
R.Choriev,
B.Boboev,
J.Umarbekov,
S.Abdullaev,
Sh.Abdurashidov, Y.Melnikov, V.Burmakinlar ijodi ayniqsa ko’zga tashlandi.
Grafikada
shu
yillari
Q.Basharov,
V.Parshin,
M.Kagarov,
F.Kagarov,
T.Muhamedov, S.Subxonov, A.Siglensevlar samarali ijod qildilar. Ular milliy
harakterning teran ildizlarini anglashga intildilar. Haykaltaroshlar A.Axmedov, M.
Musaboev, A.
Boymatov, D. Ro’ziboev, X. Husniddinxo’jaev, R. Nemirovskiylar
faol izlanishlar olib bordilar.
Dostları ilə paylaş: