17-asrda bo’lgan 30 yillik urush (1618-1648)
Germaniyani yanada
tarqoqlashtirib, uning iqtisodiy zaiflashuviga sabab bo’ldi. 17-asrda bo’lib o’tgan
Prussiya va Avstriya orasidagi nizolar ham Germaniya va Avstriya ijtimoiy
hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ana shu ijtimoiy-tarixiy sharoitda yangicha san’at
o’ziga yo’l ochib bordi. Bu dastlab adabiyot va musiqada o’zini namoyish etdi.
(Lessing, Gyote, Shiller, Bax, Gendel). Me’morlik va tasviriy san’atdagi
rivojlanish dastlab, Italiya hamda Frantsiya ta’sirida yuz berdi. 18-asr birinchi
yarmida barakko, ikkinchi yarmida klassizm uslubi ustivor bo’ldi.
Germaniya
san’atida barokko o’z ko’rinishi va harakteri jihatidan Italiya barokkosiga o’xshab
ketsa ham, lekin unga nisbatan detallarning birmuncha mayda va sovuq ko’rinishi
bilan farqlanadi. Barakko mavzusi ko’pincha rokokko motivlari bilan aralashib
ketadi. Bu xususiyatlar Vyurtsburg saroyi binosi va undagi intererlar (unga
J.B.T’epola suratlar chizgan) boy dekorativ bezagida namoyon bo’ladi.
Drezdendagi yirik cherkov binolari, Postdamdagi San-Susi saroyi ham o’zining
nozik badiiy bezatilishi bilan e’tiborni tortadi. 18-asr 2-yarmida klassizm
Germaniya me’morligida etakchi o’ringa chiqa boshladi. Berlindagi Brandenburg
darvozasi (me’mor K.Langgans) o’zining jiddiy ko’rinishi
va tantanavorligi bilan
keyinchalik nems me’morligining o’ziga xos uslubiy ko’rinishlarini belgilashda
muxim ahamiyat kasb etdi. Germaniya va Avstriya tasviriy san’atida 18-asrning 1-
yarmida asosan barokko ta’siri kuchli bo’ldi. T’epalo hamda Berinining ijodiga
taqlid qilish sezildi. Ayrim rassomlarning real borliqni
tasvirlashga intilishlari
ma’lum darajada realistik jarayonning ham jonlanib borishiga imkoniyat yaratdi.
Bu xususiyat portret san’atida sezilarli bo’ldi. Germaniyalik rassom Bal’tazar
Denner (1685-1749), slovakiyalik rassom Yan Kupetskiy (1667-1740) yaratgan
portretlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
18-asrning 2-yarmidan boshlab, Germaniya antik san’atni o’rganish
markaziga aylandi. Uning asosiy targ’ibotchisi Iogan Ioxim Vinkelman (1717-
1768) bo’ldi. Uning “Qadimgi san’at tarixi” (1764) antik san’atga bag’ishlangan
birinchi kitob bo’lib, yangi san’atshunoslikka asos soldi. U qadimgi yunon san’ati
taraqqiyotining asosiy zamini yunon shahar-davlatlari (polislar) dagi ijtimoiy
sharoit ekanligini ko’rsatdi. Vinkelman kitobi
yosh Gyote dunyoqarashining
shakllanishiga ham kuchli ta’sir qildi. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarning
klassik estetikasini rivojlanishida ham muhim o’rin egalladi.
Nems rangtasviri va
grafikasida ham olimning ta’siri sezilarli bo’ldi. Natijada 18-asr 2-yarmida
klassizm etakchi o’rinni egallab, shu uslubda ishlovchi qator yirik san’atkorlar
etishib chiqdi. Bular ichida Anton Rafael Mengs (1728-1779) ijodi aloxida o’rinni
egalladi. U evropa san’atidagi mashhur va ta’sirli rassomlardan biriga aylandi.
Mengs o’z ijodida antik san’atning ideal go’zallik yaratish borasidagi qonunlariga
sodiq qolgan holda, uni Balonye akademistlarining yutuqlari bilan boyitishga,
shaklning ifodali, jo’shqin bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Shu bilan birga, Mengs
naturani o’rganish zarurligini unutmadi. Bu uning portretlaridagi
realistik jihatini
belgilaydi. Nems san’atidagi realistik yo’nalish Daniel Xodovetski (1726-1809)
ijodida to’liqroq o’zini namoyon etadi. Asli Polshalik bo’lgan bu san’atkor
angliyalik rassom Xogart ta’sirida nasihatgo’ylik yo’nalishida qator gravyura va
ofortlar ishladi. Jamiyat hayotida sodir bo’layotgan kamchiliklarni tanqid qildi.
Uning “Dansigga sayohat” deb nomlangan albom uchun ishlangan suratlari
bevosita o’z ona yurtiga qilgan safari paytida yaratilgan bo’lib,
ular nems realistik
san’ati taraqqiyotida muhim o’rin egalladi.
Dostları ilə paylaş: