shakllandi. Sotsial kuchlarning o’zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli
g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko
oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida
hayot mohiyati kurash
harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta
keskin formada olingan bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada
oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida,
flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni
namoyon bo’lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor.
Uning namoyandalari uyg’onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish
davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan
birga klassitsizm vakillari o’tmish san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab
turgan davr mazmuni bilan to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda
Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak
Sufflo binolari diqqatga
sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha
davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san’atning
etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson
o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi. Uning hayoti, his-
tuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida o’zining badiiy
ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diego Velaskes,
Gollandiya
rassomlari - Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz
rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi.
Inson go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining
mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga
quvonch baxsh etadi. Rembrant
rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda
(diniy, hayotiy) ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy
pokizaligini va jismoniy go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik
munosabatlarni tasviriy san’at vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga
harakat qiladi. Rembrant umrining so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning
qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga
tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi
orqali hayotning murakkabligi, uni
bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik og’ir ekanligini ochib beradi.
Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z o’g’lini bag’riga
bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan
mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati
go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar mehnat mavzusida
yirik asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib,
mehnat go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam
to’quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom
oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati
orqali ularning baxt
haqidagi orzularini ko’ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam
mehnati, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani
to’ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi.
XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik
oldiga ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi
hajmi kamaydi, uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar
loyihalashtirilishiga alohida e’tibor berila boshlandi, shaharda me’morchilik
ansambllari paydo bo’ldi. Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi.
Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U
bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi.
Dostları ilə paylaş: