Tayanch tushunchalar.
Garmoniya - nafislik
«David» - afsonaviy qahramon
Gattamelatta - shu davrning jangchi qahramoni.
«Madonna» - Bibi Maryam
Grafika - sana’tning keng tarqalgan turlaridan biri. Bu san’atga
oddiy qora
qalamda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiya, kitobga ishlangan turli suratlar,
bezak rasmlardir.
Gravyura - grafikaning bir turiga kiradi.
Savollar:
1. Uyg’onish davri san’ati deyilganda qaysi davr san’ati tushuniladi?
2. Protorenessans nima va bu davrda qanday rassomlar yashab ijod qilgan?
3. Renessans davrining qanday yirik san’atkorlarini bilasiz?
4. Ularning san’at taraqqiyotiga qo’shgan hissalari nimada?
8-mavzu. Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy
Evropa mamlakatlarida Uygonish davri san’ati.
Italiyada boshlangan uyg’onish harakati 15 asrdan boshlab, Evropaning bir
qancha erlarida ham tarqaldi. Bu harakat shu erdagi
mamlakatlarning iqtisodiy
jihatdan mustaxkamlanishi, dastlabki kapitalning to’planishi bilan bog’liq xolda
amalga oshdi. Evropa mamlakatlarida gumanistik g’oyalarning tarqalishi,
milliy
birlik mustaqillik uchun kurash, din qurshovidan chiqish va dunyoviy madaniyatga
qiziqish bilan birga namoyon bo’la bordi. Bu qiziqishning amalga oshishiga Italiya
gumanistik san’ati va uning san’atkorlari katta ta’sir ko’rsatdilar. San’atkorlar
italyan gumanistlarini o’z ustozlari deb biladilar. Antik madaniyatni qiziqib
o’rgandilar, uning asl namunalarini ko’rish ishtiyoqida Italiyaga sayoxat qildilar.
Evropa mamlakatlaridagi uyg’onish davri madaniyati va san’atini
boshlanishi hamma erda bir hil va bir vaqtda rivojlandi deb bo’lmaydi. Bu vaqt
ba’zi mamlakatlar san’ati va adabiyotida yutuqlar sezilarli bo’lsa, boshqa
mamlakatlarda esa tasviriy san’at va me’morlikning gumanistik harakat printsiplari
o’zini to’liq ifoda etdi. Ayrim mamlakatlarda Italiya gumanizmining inqiroz davri
san’ati an’analari ta’sirida rivojlanishi ham shu mamlakat san’ati
taraqqiyotining
gumanistik harakatlariga ta’siri sezilarli bo’ldi. Shuningdek ayrim mamlakatlarda
feodal munosabatlarining sekinlik bilan chekinishi bu erlarda uyg’onish
san’atining gurkirab o’sishiga to’sqinlik qildi. Jumladan, Frantsiyada uyg’onish
harakati 15-asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita gotika me’rosining
realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga asta-sekin
Italiya renesansini
o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ladi.
Frantsiyada Uyg’onish harakati 15 asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji
bevosita, gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga, asta-
sekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ldi.
Frantsiyada Uyg’onish harakatining kuchayishi bu erda ko’plab
italyan
san’atkorlarining kirib kelishi bilan bog’liqdir.
15 asrda Frantsiyada millat shakllandi. Shu yillarda Renesans san’atining
asoslari paydo bo’ldi, ya’ni ilk Renesans davri boshlandi. 15 asr o’rtalarida
Frantsiya erlari yagona davlat bo’lib birlashdi. Bu yagona davlat milliy san’at va
madaniyatning shakllanishida muhim o’rinni egalladi. Fan va madaniyat gurkirab
rivojlandi. Fransiyaning italiya bilan yaqin aloqada bolishi bu yerda
Renessansning kirib kelishini tezlashtirdi. Bu xol me’morchilikda Renesans
me’morlik
uslubining kirib kelishida, arkalar, yuzaning yaxlit bo’lishiga e’tibor
berishda ko’rindi. Lekin gotika san’atining ta’siri hamon sezilarli edi.
15 asrda o’zining eng gullagan davrini boshidan kechirgan miniatyura
san’atida davr kishilarining muhitga bo’lgan munosabatlari, bilimga bo’lgan
intilishlario’z ifodasini topdi.
Aka-uka Limburglar miniatyuralarida realizmga intilish,
hayotiy lavxa va
detallar, real hayotning tasvirini ishlashga harakat qilish yaqqol seziladi. Bu
miniatyuralarda
fazoviylik
etishmaydi,
kompozitsiya
yarusli
(ustma-ust
joylashtirish) echimga ega, rassomning kompozitsiyada hamma komponentlarga
deyarli bir xilda qarashi esa fikrni yaqqol ifodalashga halaqit bergan. Lekin shunga
qaramay, realistik tendentsiyaning kuchayib borayotganligini ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: