“Bahor”, “Bedanaboz”, “Do’stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi”
kabilardir.
O’zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel
Petrovich Benkov edi. U o’zbek san’atining rivojlanishiga, milliy kadrlar etishib
chiqishiga katta hissa qo’shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko’p
polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo’lib,
ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me’morchilik fonida ustalik
bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi
qiz” deb nomlangan asarlar do’stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30-
yillardan boshlab milliy rassomlar ko’rina boshlandi. Ular o’zlarining dastlabki
asarlari bilan respublika badiiy ko’rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni
yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san’at mavzusi kengaydi. Do’stlik, tinchlik,
mehnat go’zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste’dodli yosh rassom Bahrom
O’amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida
sodir bo’lgan o’zgarishlar o’z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla
Abdullaevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar
orasida san’at va ma’rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga
bag’ishlangan. Bu yosh rassomlar O’zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli
hissa qo’shdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari o’zbek rassomlari uchun katta sinov bo’ldi.
Ular g’oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g’alabasi uchun rag’batlantira
oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O’zbekistonga
evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular
bilan birga kelgan etuk san’atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar
respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko’maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik
yillari o’zbek san’ati ham o’z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Inson
go’zalligi, tabiat ulug’vorligi rassomlarimiz polotnosida o’z ifodasini topa
boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullaevning A.O’idoyatov
portreti, T.Oybek, L.Abdullaevning “Qahramonni kutib olish”, O’.Tansiqboevning
“Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o’ylari”, R.Timurovning
“Samarqand”, Yu.Elizarovning “O’zbekiston san’atkorlar guruhi portreti”,
N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning
“Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o’zbek san’ati
tarixida o’zlarining munosib o’rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu
davrdan boshlab, barcha ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz
ta’sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko’plab
ko’rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o’zbek san’ati yangi
pog’onaga qadam qo’ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki
yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning
emotsional tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Buni B.
Boboev va R. Chorievlarning kartinalarida, T. Muhammedovning karikaturalarida,
F. Grishchenkoning, X. Xusniddinho’jaevning haykallarida ko’rish mumkin.
O’zbek san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: