Metropoliten muzey- AQShning Nyu Yo’rk shahrida joylashgan bo’lib, u
dunyoning eng yirik muzeyi sanaladi. Mazkur muzey 1970 yilda tashkil topgan.
Muzeydagi ekspozitsiyalar asosini turli davrlarda xususiy shaxslar tomonidan
tortiq qilingan asarlar tashkil qiladi. Muzeyda 3 mln ga
yaqin jahon san’atiga oid
asarlar saqlanadi.
Uning asosiy binosidan tashqari ko’plab filiallari ham bor.
Xususan, uning rangtasvir va haykaltaroshlikdan tashqari amaliy san’at, badiiy
fotoga oid alohida bo’limlari ham mavjud. Unda dekorativ-amaliy san’at, musiqa
asboblari, kitoblar, liboslar, bolalar rasmlari bo’yicha alohida bo’limlari ham bor.
Muzeyda Amerika, Afrika, Tinch okeani orollari xalqlari san’ati, qadimgi
Misr, Yunoniston, Rim, Yaqin va Uzoq Sharq xalqlarining san’at asarlari o’rin
olgan.
Uning ko’rgazma zallarida dunyoga mashxur rassomlardan Rafael, Titsian,
El Greko, F.Goyya, F.Xals, Rembrandt, K.Mone, O.Renuar, P.Sezan, P.Gogen,
P.Pikasso kabi ko’plab san’atkorlarning asarlari saqlanadi.
Ermitaj- Rassiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U ham
dunyoning eng yirik muzeylaridan biri. Muzey 1764 yilda
tashkil topgan, deb
hisoblanadi. Lekin muzey sifatida 1852 yilda ochilgan. Ermitaj “Birlashgan joy”
ma’nosini bildiradi. Muzey kollektsiyasida 2 mln 700 mingdan ortiq asar bor. U
olti bo’limdan tashkil topgan.
1.Ibtidoiy madaniyat tarixi. 2. Qadimgi dunyo. 3. Sharq madaniyati va
san’ati tarixi. 4. Rus madaniyati tarixi. 5. G’arbiy Evropa san’ati tarixi. 6.
Numizmatika (chaqa, tanga, medallar) tarixi.
Muzeyda rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’atga
oid yuzlab eksponatlar bor. Unda Leonardo Da Vinchi, Rafael, Titsian, Velaskes,
Goyya, Rubens, Rembrandt, N.Pussen, O.Renuar, A.Matiss, P.Pikasso,
Mikelanjelo, O.Roden kabi dunyoga mashxur rassom va haykaltaroshlarning
bebaho asarlari saqlanadi.