Fanning ta’limdagi o‘rni. Matematika o‘qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish usullarini yoritib beradi. 0‘quvchilaming matematik tushunchalar tizimini o‘zlashtirishlarini, o’g‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikma va malakalami egallashlarini ta’minlaydi. Bu ko‘nikma va malakalar o‘rta maktabda boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga zamin hozirlaydi.. Metodika fanini o‘rganish talabalami kichik yoshdagi bolalami o‘qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni hayotga joriy etish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan boyitiladi.
Talabalar pedagogik amaliyotning boshlanishi va yakuniga qadar amaliyot rejasi, dastur mazmuni bilan tanishtiriladi. Pedagogik amaliyot davrida har bir talabaning uch yoki to‘rt darsi metodist tomonidan tahlil qilinadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba dars va unga qo‘yilagan pedagogik-psixologik talablar tahlil qilinishi, o‘qitishda pedagogik taktika va didaktik tamoyillarga amal qilinishi, zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar yutuqlaridan foydalanishi nazardatutiladi.
Predmetlararo boglanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalarini tarkib toptirish, miqdor, makon va zamonga oid tasavvurlarni rivojlantirish, integrasiyalashgan ta’limni amalga oshirishi o‘qitishning asosiy shartidir.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. 0‘qitish jarayoni pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish yoMini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan birga bog‘lanish xususiyatlarini ochib beriladi.
Pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalarni joriy etish taktikasini ifodalaydi va tegishli bilimlar asosida yoritilishi haqidabilim beriladi.
Talabalarga ma’ruzalarni bayon qilish jarayonida pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar, internet tarmoqlari va elektron pochtalar kabi vositalardan unumli foydalanish, proyektor yordamida slaydlardan va elektron darslik yoki boshqa texnik vositalarda foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlari, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olgan bilimlari asosida boshlang‘ich sinfda darslami tashkil qilish va uni olib borish uchun zaruriy ko‘nikmalarni egallaydilar. Unda ular dars qismi uchun ishlanmalar tuzish va tahlil qilish, o‘yin mashg‘ulotlari tuzish bilan ham shug‘ullanadilar. Ma‘ruza va boshqa turdagi mashg‘ulotlar turli o‘quv ko‘rgazma qurollari va texnik vositalar bilan jihozlanishi kerak.