Ma’ruzalar matni



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə73/149
tarix22.06.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#62041
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149
Ma’ruzalar matni

2. «O‘nlik» mavzusida sonlarni taqqoslash.
1. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini erkin egallash. 0 sonining sonlar qatoridagi o‘rnini bilish.
2. Ko‘rsatilgan sanoq tartibida berilgan guruhdagi predmetlarni sanash va uning har bir predmetining tartib raqamini aniqlash malakasini egallash.
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar qatorida har bir son qanday paydo bo‘lishini ongli ravishda o‘zlashtirish (sanoqda oldin keladigan songa 1 ni qo‘shish yoki keyin keladigan sondan 1 ni ayirish bilan hosil qilinadi).
4. Raqamlarni o‘qish va har bir raqamni (bosma yoki yozma) predmetlarning tegishli soniga mos qo‘yish.
5. Sonlarni taqqoslash malakasini (tegishli mashqlar >, <, = belgilaridan foydalanmay bajariladi) egallash.
6. 2, 3, 4, 5 sonlarining ikki qo‘shiluvchidan iborat tarkibining hamma hollarini puxta o‘zlashtirish.
7. Bizni ketma-ket qo‘shish va ayrish. 7+1+1, 7-1-1, 1 + 1, 3 - 2, 2 + 3 va hokazo ko‘rinishidagi eng sodda matematik yozuvlarni o‘qish va bunday yozuvlarni aniq illyustrasiyalar bilan ta’minlash. Тo‘la predmet ko‘rsatmalilik asosida tegishli masalalarni yechish va ularning yechimlarini «yozish» (1 + 1=2, 3 - 2=1, 2 + 3 = 5 va hokazo).
8. Doira, uchburchak, kvadratlarni bir-biridan farq qilish va atash.
Bu yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha ishlash metodikasini aniqlashtiramiz.
1. Sonlar ketma-ketligini erkin egallash:
a) bu ketma-ketlikni istalgan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda aytish;
b) sanoqda berilgan sondan keyingi, berilgan ikki son orasidagi, sanoqda berilgan sondan oldingi sonni ayta olish.
Sonlar qatorini erkin egallash uchun mavzu bo‘yicha har bir darsda mazmuni bo‘yicha “ham, shakli bo‘yicha ham xilma-xil bo‘lgan mashqlarni bajarish zarur.
2. Predmetlarni sanash malakasini shakllantirish oldingi darslarda boshlanadi. «1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar» mavzusining vazifasi bu malakani uzil-kesil puxtalashdan iborat. Bunda shu narsa nazarda tutiladiki, bolalar predmetlar sanog‘ini har xil sharoitda bajarishni o‘rganib olishlari kerak, bunda sanash obyektlari nihoyatda xilma-xil (predmetlar, harakatlar, so‘zlar, bo‘g‘inlar, tovushlar va h. k.) bo‘lishi kerak.
Predmetning tartib raqamini aniqlash malakasini egallashda bir predmetning o‘zi qanday sanash tartibida bajarilganligiga qarab (savol qanday ifodalanishiga qarab) har xil tartib raqami oladigan mashqlardan foydalanish muhimdir.
Masalan: «Agar figuralar chapdan o‘ngga qarab sanalsa, katta qora doira sanoq bo‘yicha nechanchi bo‘ladi? o‘ngdan chapga qarab sanalsa-chi? Agar katta doiralarniig o‘zlarinigina chapdan o‘ngga qarab sanalsa-chi?o‘ngdan chapga qarab sanalsa-chi?»
3. Olingan bilimlarni umumlashtirish, so‘ngra ularni yangi sonlarga tatbiq qilish uchun har bir yangi sonni qarash doimo ilgari o‘rganilgan sonlar qanday hosil bo‘lganidek savol albatta namoyish etish bilan kuzatilishi kerak.
Yangi sonlar bilan tanishtirilgan sari bunday savollarni qo‘yish va ularga javob berishda bolalarning hissasi ortib borishi kerak. Bu xil mashqlar natijasida (agar bu xil mashqlar har bir sonni o‘rganishda tizimli ravishda o‘tkazib turilsa) bolalar umuman har bir son oldingi songa 1 ni qo‘shish (shunga o‘xshash har bir son o‘zidan keyingi sondan 1 ni ayirish) bilan hosil qilinishi mumkin, degan xulosaga keltirilishi kerak
Bu xil mashqlarni bajarishda «sonli zina» yaxshi mos keladigan illyustrasiya hisoblanadi, «sonli zina» lar darslik sahifalarida ham (topshiriqlarni har xillashtirishgina emas, balki ularni murakkablashtirish uchun ham har xil variantlarda), o‘qituv-chining jadvallarida ham berilishi mumkin.
4. Har bir yangi sonni o‘rganishda bolalar tegishli raqam - bosma va yozma raqam bilan tanishadilar. Ular raqamlarni farq qilishni, tanish raqamlari» boshqalari ichidan ajratishni o‘rganib olishlari kerak, masalan, 5 sonini o‘rganishda o‘qituvchi katakli taxtachaga 1, 3, 5, 6, 7, 2 raqamlarini va terib qo‘yadi va bolalarga 5 raqamini^ 2 raqamini ko‘rsatishni taklif qiladi (hamma tanish raqamlarni o‘qish va ko‘rsatishni taklif qiladi va hokazo).
10 ichida ayirishning bolalar uchun yangi bo‘lgan qiynroq hollari bilan tanishtirishning darslikda berilgan tizimi 6, 7, 8, 9, 10 sonlari tarkibini bilishi uzil-kesil puxtalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Mavzu bo‘yicha qar bir darsda ish bu sonlardan har birining tarkibini yuqorida ko‘rsatilgandek, takrorlashdan boshlanib, sonlar tarkibini bilganlikni puxtalash bilan tamomlanishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchining son tarkibini qatorasiga va tanlab-tanlab ayta oladigan bo‘lishiga erishishdan iborat. Shu maqsadda qaralayotgan har bir sonning tarkibidan iborat yig‘ma jadvallardan, topshiriqlardan foydalaniladi, oxirgi xil mashqlarda berilgan son ajralishi kerak bo‘lgan ikki sondan biri bo‘ladi. qaralayotgan darslarda sonlar tarkibini illyustrasiyalashning bolalarga ilgari tanish bo‘lgan usullarini eslash foydalidir.
Masalalar ustida ishlash bolalarda masala matnida berilganlarni mustaqil tahlil qilish va amal tanlashni asoslab berish malakalarini tarkib toptirishga katta e’tibor beradi. Bolalarni har xil turdagi masalalarni, har bir masalaning uni yechishda amal tanlashda aks etadigan xususiyatlarini belgilashni o‘rganib olishlarini nazarda tutib, qarshi qo‘yish va taqqoslash bo‘yicha mashq qildirish kerak.
Santimetr bilan ishlash va chizg‘ich yordamida o‘lchash davom ettiriladi. Тegishli malaka va qo‘nikmalarni mustaqkamlash maqsadida santimetrli bo‘limlarga ega chizqich yordamida kesmalarni o‘lchash va taqqoslash bo‘yicha amaliy ishlar bajariladi.
Sonlar ketma-ketligini o‘zlashtirish ishi butun ikkinchi yarim yillik davomida olib borilishi kerak. Bu ish qaralayotgay mavzu bo‘yicha darslarda ham davom ettirilishi kerak.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin