1-usul: Rasmli test savollaridan foydalanish.
Sabzilar nechta?
a) 8 ta. b) 5 ta. d) 6 ta.
О lmalar nechta?
a) 5 ta. b) 3 ta. d) 10 ta.
D оirani tоping.
a) b) d)
Shaklda nechta kvadrat bоr?
a) 2 ta. b) 3 ta. d) 6 ta.
2-usul: Turli xil misollar orqali.
O’qituvchi o’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish uchun turli xildagi o’yinlardan foydalanib darsni tushuntirishi foydalidir. Misol uchun quyidagi misolni beramiz. Bu misolni yechishda “Bilmasvoyga yordam bering” o’yinini o’ynash maqsadga muvofiqdir. Bilmasvoy quyida berilgan misolni quyidagicha bajardi. Siz ishlab ko’ring-chi, u qayerda xatoga yo’l qo’ygan?
60 + 5 = 65 80 – 2 = 78
60 + 7 = 67 80 – 5 = 74
60 + 2 = 62 80 – 8 = 72
60 + 10 = 71 80 – 10 = 70
O’qituvchi Bilmasvoyning bajargan misollarini o’quvchilar-ga namoyon qiladi va misolni yechishdagi kamchiliklarini topishni mashq qilib beradi. Berilgan misollarni o’quvchilar yechib kamchiligini topadi:
60 + 10 = 71 emas 70 80 – 5 = 74 emas 75
3 -usul: Berilgan masalalarni turli usullar bilan yechish orqali.
5-masalani оg’zaki yechish.
Birinchi tramvayda 22 ta yo’lоvchi bоr, ikkinchi tramvayda esa birinchi tramvaydagiga nisbatan 10 ta kam. Ikkinchi tramvayda va ikkala tramvayda nechta yo’lоvchi bоr?
Yechish: 1) ta. Ikkinchi tramvayda 12 ta yo’lоvchi bоr.
2) ta. Ikkala tramvayda hammasi bo’lib 34 ta yo’lоvchi bоr.
2. Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlar mazmuni va ahamiyatini chuqurroq va aniqroq tasavvur qilish maqsadida biz bu ishimizda qo’llaydigan ta’lim, o’yin, didaktik topshiriq, o’yin topshiriqlari singari tushunchalarning ta’rifiga va ularning ma’nosini ochib berishga to’xtalib o’tishimiz zarur.
Ta’lim — o’quvchilarga ko’nikma va malakalar berishining, bu bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchilar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali jarayonidir.
Ta’lim jarayoni — bolalar xotirasining boyishi, ular nutq va tafakkurining o’sish jarayonidir; turli xil metod va usullar yordamida sodir bo’ladigan jarayondir.
O’yin — bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’ektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi.
O’yin sinfda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi o’quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o’yin — ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi darslarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Didaktik topshiriq darsga qo’yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi.
har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. o’sha qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o’yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. o’yin qoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. o’yin topshirig’i—o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olib chiqqan hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshiriqidir.
«Jimjitlik» o’yinida bolalarga beriladigan topshiriq o’qituvchi ko’rsatgan belgi, sonni «xayol»da yechish va son natijasini topishdir. o’yin qoidasi — ovoz chiqarmasdan harakat qilishdir.
Didaktik material: suratlar, jadvallar, plakatlar, sanoq jadvallari, stol ustida ko’rsatiladigan teatr-shirma, abak (sanoq asbobi), o’yinchoqlar, cho’tlar; har bir bolaga beriladigan sanoq materiali: geometrik shakllar, xaltachalarga solingan dub yong’oqlar, cho’plar, qo’lda yasalgan buyumlar (qog’oz qayiqcha va shapkacha); geometrik shakllar chizilgan jadvallar, kartondan yasalgan shakllar, sxemalar solingan konvertlar; sanoq materiallari solingan individual yashiklar; geometrik shakllar solingan konvertlar va hokazo.
O’yinlar nomi
Jimjitlik
SHuncha ajratib qo’y
|
Dostları ilə paylaş: |