bunda o’qituvchi bilimlarni bayon qilish bilan birga uning haqiqiyligini misollar orqali namoyon qiladi.
Ta’lim maqsadi
The aim of education
(o’qish, bilim olish maqsadi) - ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya.
Ta’lim mazmuni -
The content of education
davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Keyslar banki Latofat ismli o’quvchi 1-sinfda matematika darslariga yaxshi qatnashmas edi. 2-sinf bo’ldi-yu, Latofat misol va masalalarni yaxshi ishlay boshladi. Darsda berilgan vazifalarni tezda daftariga bajarib bo’lardi. Kunlarning birida o’qituvchi Latofatga 5-misolni doskada ishlab ko’rsatishini aytdi. Latofat doskaga chiqmay partadagi daftarni varaqlar edi. O’qituvchi Latofatning oldiga kelib qarasa, uning oldida 3-sinfda o’qiydigan akasining daftari bor ekan. O’qituvchi Latofatning bu ko’chirmachiligini ko’rib, hammaning oldida daftarni yirtib tashladi, unga rosa baqirdi. Latofat uyiga borib yig’lar, sababini aytmasdi. Ertasi kuni Latofatning otasi maktabga keldi va sababini bilgandan so’ng : “ Shu arzimagan sabab uchun qizimni yig’latishingiz shartmidi?”- dedi. O’qituvchi bilan Latofatning otasi tortishib qoldi. Otasi maktab direktorga arz qildi.