1. Predmetlar, tovushlar va harakatlarni sanash Sanoq o‟tkazish prosessida bolalarni bir xil ma‟lumotlarning o‟zi bo‟yicha imkoni boricha “qancha?” so‟zi bilan ko‟proq savollar qo‟yishga mashq qildiriladi.Sanoq bilan bog‟liq mashqlarni bajarish prosessida sanoqda oxirgi aytilgan son sanayotgan gruppada qancha predmet bor? deb qo‟yilgan savolga javob bo‟lishini tushuntirish kerak. Predmetlarni o‟ngdan chapga yoki chapdan o‟ngga, pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarab sanashimiz bilan sanoq natijasi o‟zgarmaydi.Predmetlarni sanashga bag‟ishlangan darslarda bolalarni predmetlarni bittalab sanashgagina emas, balki ikkitalab, beshtalab sanashga o‟rgatish mumkin.
2. Ikkita to’plamni ularni hosil qilgan elementlarning soni bo’yicha taqqoslash va tenglashtirish. Mashqlar bajarish prosessida katta (ortiq, ko‟p), kichik, (kam), teng (shuncha)
munosabatlarning ma‟nosini ochib berish kerak.
3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari. Tartib munosabatlari (...oldida kelish) bilan bolalar maktabgacha bo‟lgan tajribalarida juda ko‟p uchrashishgan. Maktabda esa bolalarning tartib munosabatlariga oid bilimlarini to‟ldirish va sistemaga olish uchun har xil didaktik materiallardan foydalanish mumkin. Masalan: katakli taxtachaning bir qatoriga har xil rangdagi doirachalar qo‟yib, bunday savollarni beramiz: qizil doiracha sanoq bo‟yicha nechanchi? Yashil doiracha sanoq bo‟yicha nechanchi? Uchinchi doiracha qanday rangda? va ....
4. Qo’shish va ayirish amallarini o’rganishga tayyorlash. Masalan: Nargizaga onasi 4 ta katakli, 5 ta yo‟lli daftar berdi. Nargizaga onasi nechta daftar berdi? Bolalarni qo‟shish va ayirish amallarini o‟rganishga tayyorlash maqsadida berilgan ikki to‟plamni birlashtirishga doir va to‟plam qismini ajratishga doir mashqlar bajariladi.
5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.
Hoshiyalar, jiyaklar rasmini chizish bilan bog‟liq bo‟lgan mashqlar raqamlarni yozishga tayyorlash imkonini beradi. Bunday mashqlar 1- sinf darsligining dastlabki har qaysi sahifasida berilgan. Bu mashqlarni bajarish bilan o‟quvchilar ruchkani to‟g‟ri tutishni, satrni ko‟rishni, sahifaga yozuvni joylashtirishni o‟rganadilar.
Dasturda 1- sinf uchun matematikada birinchi mavzu birinchi o‟nlik sonlarini nomerlashdan iborat. Bu mavzu ustida ishlashda o‟qituvchining vazifasi bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi o‟nta son haqida tasavvur shakllantirish son bilan, uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o‟rnatish malakasini tarkib toptirishdan iborat, o‟quvchilarni sonlarning natural qatorining ba‟zi xossalari bilan, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat. Birinchi o‟nlikning har bir soni bilan tanishishda quyidagi savollardan
foydalanish mumkin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin?
Birinchi o‟nlikning har bir soni o‟zidan oldingi songa birni qo‟shish bilan va o‟zidan keyingi sondan birni ayirish bilan hosil qilinishi kerak. Bu o‟quvchilarga sonlarning qatordagi ketma-ketligini o‟sib berish tarkibida ham, kamayib berish tarkibida ham o‟zlashtirish imkonini beradi. Birinchi o‟nlik sonlari ikki qo‟shiluvchidan tashkil topish ham, alohida birliklardan tashkil topish ham mumkin.
2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi? Bolalar oldin bosma raqamlar bilan tanishadilar, ular predmetlarning tegishli to‟plamlari yoniga o‟rnatib qo‟yiladi.
3. Berilgan son sonlarning natural qatorida qanday o‟rinni egallaydi?
Bunda bolalarga quyidagi savollarga javob topa olishga o‟rgatiladi. Berilgan son
sonlar qatorida qaysi sondan keyin uchraydi, qaysi sondan oldin keladi, sonlar
qatorida berilgan sonning o‟rni egallaydi.
2.Natural qatorning birinchi sonlari bilan tanishtirishda o‟quvchilar oldin tevrakotrofdagi
narsalar va ularning tasvirlari bilan ish ko‟radilar. (doirachalar, olmalar, mashinalar). Katta sonlar 6, 7, 8, 9, 10 sonlar bilan tanishtirishda predmet ko‟rsatmalilikdan foydalanish o‟rgatiladi yoki sonli zinapoyachadan foydalanish mumkin.
3.Birinchi o‟nlik sonlarini o‟rganishda shu sonlarning tarkiblarini qarashga oid ishlar o‟rgatiladi. Bunda 2–5 sonlariga nisbatan bu sonlarning ikki qo‟shiluvchidan iborat tarkibini eslab qolishga qoid ishlar qilinadi. 6–10 sonlariga nisbatan ishlar esa “10 ichida qo‟shish va ayirish” mavzusini o‟rganishda davom ettiriladi. Sonlar tarkiblarining har xil hollarini ko‟rsatish uchun didaktik materialdan, rasmlardan, har xil jadvallardan, kvadratlardan foydalanish mumkin.
Sonlar tarkibini mustahkamlash va takrorlashda “O‟ylab top!”, “Estofeta”, “Arifmetik labirint” kabi o‟yinlardan foydalaniladi.
Masalan: “O‟ylab top!” o‟yinini o‟tkazishda bolalarga 8 sonini qanday ikki
qo‟shiluvchidan hosil qilish mumkinligini topish taklif qilinadi. Eng ko‟p holni topgan o‟quvchi yutib chiqadi. 1–10 sonlari bilan tanishilganidan keyin bolalar 0 raqami bilan tanishadilar. Buni quyidagicha o‟rgatish mumkin. Partaga uchta sanoq cho‟pini qo‟ying. 1 tasini oling. Nechta qoldi? (2). Yana bittasini (doirachani) oling. Nechta qoldi? Yana bittasini olinsa, nechta qoladi? (Bitta ham qolmadi). Oxirgi misolni yozing. 1-1=0 soni chiqadi. 0 soni bitta ham predmet qolmaganini ko‟rsatadi.SHundan keyin 0 soni 1 soni bilan taqqoslanadi va 0<1 ekani o‟rgatiladi.
O‟quvchilarga “0 soni sonlar qatorida 1 dan oldinda turishi kerak” degan xulosa
chiqarishga o‟rgatadilar. Demak, 10 ichida sonlarni nomerlashni o‟rganish natijasida o‟quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarni egallab olishlari kerak.
1) 1–10 sonlari nomlarini va ketma ketligini puxta o‟zlashtirish. Ularni o‟qish va
to‟g‟ri yozishga o‟rgatish.
2) Har qaysi sonning sonlar qatoridagi o‟rnini bilish.
3) Sonlarni taqqoslashni va “>, <, =” belgilardan foydalanib tegishli yozuvlarni
Yozish.
1>